Dunyoda

Putin Qrimdagi referendum boʻyicha qarorni qanday qabul qilgani haqida gapirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma "Davosskaya povestka dnya 2021"
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
2014 yilning mart oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat toʻntarishidan soʻng oʻtkazilgan referendum yakunlariga koʻra Qrim Rossiya regioniga aylandi.
TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Prezident Vladimir Putin Andrey Kondrashovning yangi filmida Qrim boʻyicha referendum haqidagi qaror qanday qabul qilingani haqida soʻzladi.
Filmdan parcha “Rossiya 24” telekanalida namoyish etildi.
Flag Ukrainы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Dunyoda
Ukraina Oʻzbekistonni "Qrim platformasi" sammitiga taklif qildi
"Qrimda izchillik va qattiqqoʻllik bilan harakat qilganimizda, men bugungi kunda biz Donbassda kuzatayotgan fojiaviy hodisalar yuz berishi mumkinligi ehtimolidan kelib chiqqan edim. Va voqealar aynan shunday rivoj topishining oldini olish uchun biz Qrim aholisi erkin irodasini taʼminlash uchun zarur harakatlarni taʼminlab berishga majbur boʻlgan edik”, - dedi prezident.
U, pirovard maqsad, odamlarga ular keyinchalik qanday yashashni istashlari toʻgʻrisida fikr bildirishlariga imkon yaratib berish boʻlganini qoʻshimcha qildi.
2014 yilning mart oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat toʻntarishidan soʻng oʻtkazilgan referendum yakunlariga koʻra Qrim Rossiya regioniga aylandi.
Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2020
Dunyoda
Zelenskiy Qrimni qaytarishni oʻzining eng muhim ustuvorligi, deb atadi
Rossiya bilan birlashish uchun Qrim Respublikasidagi saylovchilarning 96,77 %i va Sevastopol aholisining 95,6 %i ovoz bergan. Ukraina yarimorolni oʻziniki, faqat vaqtincha okkupatsiya qilingan deb hisoblaydi. Moskva yarimorol aholisi xalqaro huquq va BMT nizomiga toʻla mos ravishda Rossiyaga demokratik yoʻl bilan qaytishga qaror qilganliklarini bir necha bor taʼkidlagan. Vladimir Putinga koʻra, Qrim masalasi butunlay yopilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala