Dunyoda

Rossiyaning eng koʻp oʻgʻirlanadigan avtomobillari nomlari aytildi

© MIGUEL RIOPA / AFPBelgian driver and co-driver, Thierry Neuville and Nicolas Gilsoul, steer their Hyundai i20 Coupe in Caminha, northern Portuga
Belgian driver and co-driver, Thierry Neuville and Nicolas Gilsoul, steer their Hyundai i20 Coupe in Caminha, northern Portuga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
"Rosgosstrax"da joriy yil fevral oyida oʻtgan yil fevral oyiga nisbatan oʻgʻirliklar soni anchaga – 65%ga pasaygani qayd etilgan.
TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiyaning eng koʻp olib qochiladigan avtomobillari nomlari maʼlum boʻldi.
Rossiyada 2021 yilda eng koʻp oʻgʻirlab qochilgan avtomobillar bu "koreyetslar" Hyundai va Kia, shuningdek, "yapon" Toyota boʻldi.
Kompaniya Toyota otzыvayet ryad avtomobiley iz-za neispravnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2019
Hodisalar
Rossiyada oʻgʻirlangan Toyota Camry Oʻzbekistonda toʻxtatib qolindi
Bu haqda RIA Novosti sugʻurtachilardan olingan maʼlumotlar asosida xabar bermoqda.
Eng koʻp olib qochilgan moddelar sifatida Hyundai Solaris, Kia Sportage va Toyota Camry aytilgan.
Bundan tashqari, eng koʻp oʻgʻirlanadigan brenddagi avtomobillar sirasidan Range Rover, Lexus, Mercedes-Benz, konkret modellar sifatida esa Mitsubishi Outlander, Skoda Rapid, Toyota Land Cruiser 200, BMW X6, Infiniti QX80 sanab oʻtilgan.
Cupra Formentor avtomobili. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Foto
Yevropada yilning eng zoʻr avtomobili tanlandi - foto
"Joriy yil boshida olib qochiladigan avtomobillar yetakchiligi ancha oʻzgardi. Roʻyxatni Koreyaning Hyundai Creta va Tucson krossoverlari hamda Kia Optima sedani tark etdi... Lada Vesta va Volkswagen Tiguan esa aksincha, yuqoriladi. Kia Sportage, Toyota Camry va Hyundai Solaris oʻz pozitsiyalarini saqlab qolishgan – bu avtomobillar shu singari reytinglarning oʻzgarmas ishtirokchilaridir", - degan RIA Novostiga "MAKS" kompaniyasi mahsulot-menedjment va marketing boshqarmasi rahbari Yevgeniy Popkov.
Shunisi eʼtiborga molikki, soʻrovda ishtirok etgan kompaniyalar avtomobillarni oʻgʻirlash bilan bogʻliq holatlar sezilarli kamayganini eʼtirof etishgan. Xususan, "MAKS" olib qochishlar soni 2 barobardan ortiqqa qisqarganini maʼlum qilgan.
Bugatti Centodieci - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Video
Eng kuchli va eng qimmat: Bugatti Centodieci - video
"RESO-Garantiya" kompaniyasi esa oʻgʻirlashlar sonida jiddiy oʻzgarish boʻlmaganini aytgan.
"Rosgosstrax"da joriy yil fevral oyida oʻtgan yil fevral oyiga nisbatan oʻgʻirliklar soni anchaga – 65%ga pasaygani qayd etilgan.
Biroq fevral oyida, yanvar oyidagiga nisbatan avtomobil oʻgʻirliklari 33%ga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala