Siyosat

Oʻzbekiston Unqur togʻ uchastkasiga daʼvogarlik qilmaslikka tayyorligini bildirdi

© Sputnik / / Tabыldы KadыrbekovRadioreleynaya sistema na gore Unkur-Too
Radioreleynaya sistema na gore Unkur-Too - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Qirgʻiziston prezidenti matbuot-kotibi Galina Bayterekning xabar berishicha, yaqin orada chegarada yettita oʻtkazish punktlari oʻz faoliyatini qayta tiklaydi.
TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Qirgʻiziston tomoniga chegara oldi tumanlari aholisi munosabatlarida bahs va ziddiyatlar predmeti boʻlib kelayotgan unqur-togʻ hududini berishga tayyor.
Bu haqda QR prezidenti matbuot-kotibi Galina Bayterekning Sadir Japarovning Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi yakunlariga bagʻishlangan izohida maʼlum qilingan.
Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Jamiyat
Soʻx tumanida aerodrom qurilishi boshlandi
"Qirgʻiziston tomoni Oʻzbekistonning Qirgʻiziston hududida joylashgan Soʻx anklaviga transport va avia-qatnovlarni ochishga tayyor. Anklav aholisi davlat chegarasi orqali erkin harakatlanishlari mumkin. Oʻz navbatida Oʻzbekiston tomoni Qirgʻizistonga, shu vaqtga qadar chegara oldida yashovchi aholi oʻrtasida bahs va siyosiy ziddiylashuv predmeti boʻlib kelgan Unqur togʻ hududiga daʼvogarlik qilmaslikka tayyorligini bildirgan", - deyiladi xabarda.
Qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalarida ikkala tomon ham ushbu ishni yaqin uch oy ichida yakunlash lozim degan fikrga keldilar.
"Davlat chegarasini yuridik rasmiylashtirishni yakunlanishi chegara oldi hududlarida stabillikni mustahkamlaydi va ikkiyoqlama munosabatlar rivojiga yangi impuls beradi", - deyiladi xabarda.
Pogranichnik na smotrovoy vыshke. Granitsa Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2020
Hodisalar
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi mojaroda 25 kishi jarohatlandi
Hozirga qadar maʼlumi, yaqin orada davlat chegarasida yettita nazorat-oʻtkazuv punktlari oʻz faoliyatini qayta tiklaydi. Oʻzbekiston tomoni yuk oqimi masalasini hal eti shva zarurat tugʻilganida hujjatlarni skanerlash uchun tegishli texnikani taqdim etish vaʼdasini bergan.
Bayterekning qoʻshimcha qilishicha, davlat chegarasini delimitatsiya qilish boʻyicha boshqa bahsli masalalar maxsus komissiya tomonidan hal etiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning avgust oyi oʻrtalarida Jalolobod viloyatining Oʻrta-Toʻqay suv ombori yaqinida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organi xodimi qoʻlga olingan.
Prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov pribыl v g. Tashkent s gosudarstvennыm vizitom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Foto
Sadir Japarov Toshkentda qanday kutib olindi
Bunga javoban Oʻzbekiston tomoni huquqni muhofaza qilish xodimlari qirgʻiz-oʻzbek chegarasining oʻzaro kelishilmagan Unqur togʻ uchastkasi(Qirgʻiziston tomoni)da vertolyotdan tushib qolishgan va televishkaning toʻrt xodimini qoʻlga olishgan.
Oʻzbekiston ikkita talabni ilgari surgan — qoʻlga olingan ichki ishlar organi xodimini qoʻyib yuborilishini va Oʻrta-Toʻqay suv ombori atrofidagi postlarni olib tashlashni.
Kuch tuzilmasi xodimi jarimaga tortilgan va 23 avgust kuni, Qirgʻiziston fuqarolari esa 9 sentyabrda qoʻyib yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala