O‘zbekiston Sanepidemiologiya xizmati AstraZeneca bo‘yicha rasmiy pozitsiyani bildirdi

© AFP 2023
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2021
Obuna bo‘lish
Bugunga kelib qator davlatlar AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni qisman yoki to‘liq to‘xtatishgan.
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati AstraZeneca vaksinasi atrofida yuz berayotgan voqealar fonida ushbu vaksina bo‘yicha rasmiy pozitsiyani bildirib o‘tdi.
Shpris na fone logotipa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2021
YeI davlatlari AstraZeneca bilan emlashni to‘xtatdi. O‘zbekiston qanday yo‘l tutadi?
"...qanday vaksina bo‘lishidan qat’iy nazar COVID-19 ga qarshi emlanish va kasallikdan himoyalanish imkoniyatining borligiga, kasallanib qolishdan ham og‘ir oqibatlarga mubtalo bo‘lishdan saqlanib qolishning imkoniyati sifatida qaralishi kerak. Zero, biz kelajagi buyuk davlatni qurishga kirishgan ekanmiz, yuqumli kasalliklardan holi, epidemik barqaror hududda yashashga barchamiz haqlimiz", - deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda.
Xabarda Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning "COVID-19 ga qarshi vaksinalar global imkoniyat sifatida qaralishi va 2021-yil davomida 2 mlrd doza xavfsiz va samarali vaksina aholiga yetkazilishi lozimligi" haqidagi fikri keltirib o‘tilgan. "
COVAX jamg‘armasi tomonidan sobiq ittifoq davlatlariga 7.2 mln doza COVID-19ga qarshi vaksina ajratilishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa, ularning 90% dan ortiqrog‘i Buyuk Britaniya va Shvetsiya davlatlarining AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan yaratilgan vaksina hisoblanadi. Ozarbayjon, Moldaviya va Ukraina davlatlarida esa, AstraZeneca vaksinasini qo‘llash boshlab yuborilgan. Bugungi kunda AstraZeneca vaksinasidan 240 mln. doza ishlab chiqilgan bo‘lsa, ushbu vaksina bilan 92 ta davlat o‘z aholisini emlamoqda. Faqat, Hindiston davlati ushbu vaksina bilan 20 milliondan ortiq aholisini emlagan bo‘lib, emlanganlar orasida birorta ham nojo‘ya ta’sirlar va o‘lim holatlari kuzatilgani yo‘q", - deyiladi xabarda.

Emlash jarayonining to‘xtatilishi

Bugunga kelib qator davlatlar AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni qisman yoki to‘liq to‘xtatishgan. Davlatlar ro‘yxati quyidagicha: Avstriya, Estoniya, Litva, Latviya, Lyuksemburg, Kipr, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Tailand.Bunday qaror qabul qilinishiga preparatdan foydalangach yuzaga kelayotgan tromboz holatlari haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan. Preparatdan foydalanishni birinchilardan bo‘lib Avstriya hukumati to‘xtatgan. Venadan keyin Daniya, Norvegiya va Islandiya ham shunday qaror qabul qilgan. Estoniya, Litva, Lyuksemburg, Kipr va Latviya AstraZeneca vaksinasining muammoli partiyasidan foydalanishdan voz kechgan.Italiya ham muzokarali bir partiyani man etgan.2021 yil 10-mart holatiga ko‘ra, Yevropa iqtisodiy zonasida COVID-19ga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan insonlar orasida 30ta tromboembolik asoratli holatlar qayd etilgan, shu jumladan, bir inson hayotdan ko‘z yumgan.Bu besh million emlanganlar ichida 30ta asoratli holatlar demakdir.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nima deydi?

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Yevropa ittifoqining ayrim mamlakatlari AstraZeneca vaksinasidan foydalanishdan voz kechishgani haqidagi xabarlarni tahlil qilmoqda.Bu haqda BSST vakili RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.Tashkilot, deya aniqlik kiritgan suhbatdosh, nima yuz berayotgani borasida aniq tushunchaga ega bo‘lgach, o‘z xulosalarini ommaga e’lon qiladi.
Yangiliklar lentasi
0