Iqtisod

Oʻzbekistonliklar dollar sotib olishni kamaytirdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishDollarы
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Xususan, joriy yil yanvar-fevral oylari davomida milliy valyuta kursi 0,6 foizga qadrsizlandi (yil boshida 10 461 soʻm/dollar, fevral oy soʻngida 10 525,5 soʻm/dollar)
TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. Markaziy bank 2021 yilda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi haqida maʼlumot chop etdi.
Fevral oyida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 527 million AQSH dollarini (yanvar oyida – 420 million AQSH dollari, oʻsish 25 %), sotib olish hajmlari esa, 307 million AQSH dollarini (yanvar oyida – 382 mln. AQSH doll., kamayish 20 %) tashkil etdi.
Elektronnoye tablo s informatsiyey o kursax valyut - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Iqtisod
Fevral oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 4%ga oʻsdi - MB
Oʻz navbatida, fevral oyi davomida jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga boʻlgan taklifi talabga nisbatan 220 mln. AQSH dollariga koʻp miqdorda shakllandi.
Hisobot oyida xalqaro pul oʻtkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablagʻlari hajmi 464 million AQSH dollarini tashkil etib, yanvar oyi koʻrsatkichiga nisbatan 37 million AQSH dollariga (yoki 9%ga) oshgan.
2021 yil fevral oyida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga boʻlgan talab yanvar oyiga (1,14 mlrd. AQSH doll.) nisbatan 15 foizga oʻsib 1,28 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
Valyuta bozorida chet el valyutasining asosiy qismi (51 foizi) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xom-ashyo importi, 27 foizi – xorijiy kreditlarni soʻndirish, 19 foizi – xalq isteʼmoli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi,2 foizi – xorijiy investorlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 1 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.

Markaziy bankning valyuta interventsiyalari

Ushbu davrda Markaziy bankning valyuta interventsiyalari oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi printsipiga asoslangan holda amalga oshirildi. Bunda, Markaziy bank tomonidan sotilgan chet el valyutasining sof hajmi oy davomida sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida boʻlishi taʼminlandi.
Denejnыe kupyurы i monetы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda hafta dollar va yevro kursi pasayishi bilan boshlandi
Xususan, hisobot oyida Markaziy bank tomonidan monetar oltin sotib olinishi natijasida yuzaga kelgan qoʻshimcha likvidlilikni sterilizatsiya qilish maqsadida 4,1 trln. soʻm ekvivalentidagi valyuta mablagʻlari valyuta birjasida sotildi.
Hisobot oyida importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablagʻlar (konvertatsiya) ulushi 57 foizni, xorijiy valyutadagi oʻz mablagʻlari ulushi 27 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar taʼsirida shakllandi.
Xususan, joriy yil yanvar-fevral oylari davomida milliy valyuta kursi 0,6 foizga qadrsizlandi (yil boshida 10 461 soʻm/dollar, fevral oy soʻngida 10 525,5 soʻm/dollar).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala