Hodisalar

Fargʻonada noqonuniy nikoh oʻqigan domla inspektorni pora bilan sotib olmoqchi boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Fuqaro Quva tumani IIB profilaktika inspektoriga oʻziga nisbatan toʻplangan hujjatlar yuzasidan chora koʻrmaslikni soʻraydi va pora taklif qiladi.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Fargʻona viloyati Quva tumanida noqonuniy nikoh oʻqigan domla profilaktika inspektoriga pora berayotganida qoʻlga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro S.Z Quva tumani IIB profilaktika inspektori T.Z.ga murojaat qilib, noqonuniy ravishda sharʼiy nikoh oʻqiganligi sababli oʻziga nisbatan toʻplangan hujjatlar yuzasidan chora koʻrmaslikni soʻraydi. Buning evaziga 2 million soʻm pora taklif qiladi.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Hodisalar
“Ozodlik evaziga 12 ming dollar”: Andijonda IIB mansabdor xodimlari pora bilan qoʻlga tushdi
Inspektor fuqaroga bu pora berish jinoyati ekani va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantiradi. Uni jinoyatdan qaytarishga harakat qilishiga qaramasdan, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.
Natijada holat yuzasidan tezkor tadbir oʻtkaziladi. Unda fuqaro S.Z. profilaktika inspektori T.Z.ning xizmat xonasida kelishilgan pullardan 1,2 soʻm miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Quva tumani prokuraturasiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala