Rossiya

Moskvada koronavirus bilan kasallanganlar 1 milliondan oshdi

© Sputnik / Ilya PitalevVremennыy gospital dlya patsiyentov s COVID-19
Vremennыy gospital dlya patsiyentov s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Rossiyada oʻtgan sutkada 10 mingdan ziyod kovid bilan kasallanish qayd etildi. Shulardan 1905 tasi Moskvaga toʻgʻri kelmoqda.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Oʻtgan kun davomida Rossiya poytaxti Moskva shahrida yana 1905 kishida koronavirus aniqlandi. Bu shahar tezkor shtabi xabar qilmoqda.
Moskvada pandemiya boshlangandan buyon kasallanganlar soni 1 000 394 nafarga yetgan.
Oʻtgan kunda 1 110 bemor tuzalib ketgan. Ularning umumiy soni 920 338 nafarni tashkil etmoqda. Shu bilan birga 55 kishi vafot etgan. Moskvada jami 15 764 kishi kovid qurboniga aylangan.
Rossiyada oʻtgan sutkada 10 083 ta yangi kovid bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. Pandemiya boshlangandan buyon Rossiya 4 390 608 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Shulardan 3 995 129 nafari sogʻayib ketgan. Rossiya boʻylab jami 92 090 kishi kovid asoratlaridan oʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala