Video

Olmaota yaqinida harbiy samolyot halokatga uchradi: toʻrt kishi qurbon boʻldi

Halokatga uchragan AN-26 harbiy samolyotda olti kishi boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari hodisa joyda halok boʻlgan.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Kecha, 13 mart kuni Qozogʻistonning Olmaota shahri aeroporti yaqinida An-26 samolyoti aviahalokatga uchradi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qilmoqda.
Samolyot Nur-Sulton-Olmaota yoʻnalishi boʻylab parvoz qilgan. Havo kemasi alanga olib, Olmaota shahri aeroporti yaqinidagi Qizil Tu qishlogʻi hududida qoʻnish yoʻlagiga yetmasdan qulab tushgan.
Samolyot bortida olti kishi boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari hodisa joyda halok boʻlgan.
Halokatga uchragan AN-26 harbiy samolyoti Qozogʻiston milliy xavfsizlik qoʻmitasining Aviatsiya xizmatiga tegishli boʻlgan.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Prezident tabiiy ofat sabablarini tekshirishni boshlashga koʻrsatma bergan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala