Olmaota yaqinida harbiy samolyot halokatga uchradi: to‘rt kishi qurbon bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Halokatga uchragan AN-26 harbiy samolyotda olti kishi bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari hodisa joyda halok bo‘lgan.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Kecha, 13-mart kuni Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroporti yaqinida An-26 samolyoti aviahalokatga uchradi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.
Samolyot Nur-Sulton-Olmaota yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan. Havo kemasi alanga olib, Olmaota shahri aeroporti yaqinidagi Qizil Tu qishlog‘i hududida qo‘nish yo‘lagiga yetmasdan qulab tushgan.
Samolyot bortida olti kishi bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari hodisa joyda halok bo‘lgan.
Halokatga uchragan AN-26 harbiy samolyoti Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining Aviatsiya xizmatiga tegishli bo‘lgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Prezident tabiiy ofat sabablarini tekshirishni boshlashga ko‘rsatma bergan.
Yangiliklar lentasi
0