Jamiyat

Oʻzgidromet: bugun Oʻzbekistonda qishning taʼsiri yana seziladi

© Sputnik / Ilya Timin / Fotobankka oʻtishSnegopad
Snegopad  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Bugun respublika hududlarida kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qor yogʻadi.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Oʻzgidromet 14 mart kuni kunduzi Oʻzbekistonda qishning taʼsiri yana sezilishidan ogohlantirdi.
Respublika hududlarida kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qor yogʻadi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Fargʻona vodiysida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliqgacha, shimolda 2-7° sovuqgacha pasayadi.
Posledstviya meteli v Nyu-Yorke (Buffalo), 1977 god  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Jamiyat
Xorazmda kuchli shamol va tinimsiz qor: elektr tarmoqlariga katta zarar yetdi
Poytaxtda kunning birinchi yarmida qor yogʻadi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° iliqdan oshmaydi.
Respublikaning togʻli hududlarida qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 3-8° sovuq boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala