Toshkentdagi ikki nufuzli universitet talabalari o‘rtasidagi janjal bo‘yicha ma’lumot berildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovDraka
Draka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Xalqaro Vestminster universiteti talabalari mini-futbol bo‘yicha musobaqada tortishib qolgan. Ularning o‘zaro tortishuviga tribunadagi muxlislar maydonga tushib qo‘shilishgan.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus vazirligi Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Xalqaro Vestminster universiteti talabalari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 13-mart Singapur institutida poytaxtdagi 10 ta xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasasi jamoalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha an’anaviy 16-Talabalar ligasi bo‘lib o‘tgan.
Musobaqada ushbu institut va Xalqaro Vestminster universiteti jamoasi o‘zaro bahs olib borgan. O‘yinning ikkinchi bo‘limiga tugashiga bir daqiqa qolganda to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketgan va o‘sha vaziyatda ikki futbolchi-talaba tortishib qolgan. Futbolchilarining o‘zaro tortishuviga tribunadagi muxlislar maydonga tushib qo‘shilishgan va oqibatda tortishuv kengaygan.
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2021
Farg‘onada hakamni tepgan va futboldan chetlashtirilgan futbolchi ozodlikka chiqarildi
Hakamlar o‘yinni to‘xtatgan. Institut xavfsizlik xizmati xodimlari zudlik bilan talabalarni ajratgan va tinchlantirgan. Tortishuvda hech bir talaba tan jarohati olmagan. O‘yinchilar bir-biridan uzr so‘rab, o‘zaro kelishib olgan.
“Holat aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi. Turli bahs-munozaralar jarayonida aslida talaba-yoshlar o‘rtasida bo‘lgan o‘zaro tortishuv mohiyatidan uzoqlashib, ommani chalg‘ituvchi noto‘g‘ri talqin, xato ma’lumotlar yuzaga keldi”, - deyilgan vazirlik bayonotida.
Vazirlik ushbu holat tezkorlik bilan nazoratga olib, uning kelib chiqish sabablarini o‘rgangan.
Ta’kidlanishicha, mazkur holatning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan mutasaddilar va talabalarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi.
Ushbu holat shu kunning o‘zida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri boshchiligida muhokama qilingan. Kelgusida bu kabi salbiy holatlar takrorlanmasligi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilab olingan.
Yangiliklar lentasi
0