Jamiyat

Urgutda muhtasham jome masjidi ochildi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaV Urgute otkrыlas novaya mechet.
V Urgute otkrыlas novaya mechet.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Masjid maydoni bir gektardan oshiq. U ikki qavatdan iborat boʻlib, 8000 nafarga yaqin namozxonni sigʻdira oladi. Xonaqoh oʻrtasida 34 metrli baland gumbaz qad rostlagan.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida barpo “Urgut” markaziy jome masjidi ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar qilmoqda.
Uning ochilish marosimida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Abdugʻofur Ahmedov ishtirok etdi.
© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaV Urgute otkrыlas novaya mechet.
V Urgute otkrыlas novaya mechet.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
V Urgute otkrыlas novaya mechet.
Masjid maydoni bir gektardan oshiq. Xonaqosining hajmi 45x55 metr, yaʼni 2500 kv/m.ni tashkil qiladi. Jome ikki qavatdan iborat boʻlib, 8000 nafarga yaqin namozxonni sigʻdira oladi. Xonaqoh oʻrtasida 34 metrli baland gumbaz qad rostlagan. Uning aylanasi 18 metrni tashkil etadi.
© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaV Urgute otkrыlas novaya mechet.
V Urgute otkrыlas novaya mechet.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
V Urgute otkrыlas novaya mechet.
Masjidning toʻrt tomonida ikkitasi 40 metrli va yana ikkitasi 43 metrli boʻlgan toʻrt minora qurilgan. Zamonaviy tahoratxonadan bir vaqtning oʻzida 100 kishi foydalanishi mumkin. Masjid xodimlari uchun 2 qavatli maʼmuriy bino barpo etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala