Afg‘oniston va Tojikiston diniy ulamolari Samarqandga yetib kelishdi

© Komitet po delam religiyDelegatsii Afganistana i Tadjikistana pribili v Samarkand dlya uchastiya v mejdunarodnoy konferensii posvashennoy Imam Buxari
Delegatsii Afganistana i Tadjikistana pribili v Samarkand dlya uchastiya v mejdunarodnoy konferensii posvashennoy Imam Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Imom Buxoriy me’rosiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Afg‘oniston va Tojikiston diniy ulamolari 13 va 14-mart kunlari Samarqand shahriga yetib kelishdi deb xabar qilmoqda Din ishlari qo‘mitasi.
Xususan, 13-mart kuni Afg‘onistonlik mehmonlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari va Surxondaryo viloyati hokimligi hamrohligida Afg‘oniston delegatsiyasi Termiz shahridagi “Hayraton” chegara maskanida yuksak saviyada kutib olindi.
© Komitet po delam religiyDelegatsii Afganistana i Tadjikistana pribili v Samarkand dlya uchastiya v mejdunarodnoy konferensii posvashennoy Imam Buxari
Delegatsii Afganistana i Tadjikistana pribili v Samarkand dlya uchastiya v mejdunarodnoy konferensii posvashennoy Imam Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Delegatsii Afganistana i Tadjikistana pribili v Samarkand dlya uchastiya v mejdunarodnoy konferensii posvashennoy Imam Buxari
Mehmonlar dastlab Imom Termiziy majmuasini ziyorat qilishdi. U yerda Qur’on tilovat qilindi hamda ezgu va xayrli duolar qilindi. Shundan so‘ng delegatsiya vakillari Termizdan Samarqand shahriga yetib kelishdi.
14 mart kuni esa, O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi vakillari Samarqand viloyati “Sarazm-Jartepa” chegara maskanida Tojikiston delegatsiyasini kutib oldilar. Dastlab mehmonlar Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishdi.
Shuningdek, 14-mart kuni Tojikiston va Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdi.
Konferensiya posvashennaya duxovnomu naslediyu Imama Buxari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Samarqandda Imom Buxoriy mavzusida xalqaro anjuman boshlanish arafasida
Undan so‘ng esa Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi A.Ahmedov va Musulmonlar idorasi raisi, muftiy U.Alimov hamrohligida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabida bo‘lishdi.
U yerda mehmonlar Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muassasada talaba yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit ko‘zdan kechirildi. Misrning Al-azhar universiteti professori Mahmud Abdulloh Abdurrahmon ishtirokidagi mashg‘ulotlar va dars jarayoni kuzatildi. Talabalar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga va u yerdagi muzeyga ham tashrif buyurishdi.
Yangiliklar lentasi
0