Jamiyat

Oʻzbekistonda AstraZeneca birinchi partiyasini kutishmoqda

© Sputnik / Fotobankka oʻtish
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi emlashning COVAX mexanizmi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaktsinasini yetkazib berilishi kutilmoqda
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. 17 mart kuni Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi emlashning COVAX mexanizmi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaktsinasini yetkazib berilishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorovga tayangan holda xabar qildi.
Mamlakat hukumati mart oyida COVID-19ga qarshi ommaviy emlashni boshlashni rejalashtirmoqda, 2021 yil oxiriga qadar 7 million kishi yoki aholining 20 foizini emlanishi mumkin. Jahon bozorida 15 million doza vaktsinaga buyurtma berilgan.
"Agar hamma narsa yaxshi boʻlsa, 17 mart kuni Oʻzbekistonga 660 ming doza AstraZeneca yetkazib berilishini kutmoqdamiz", - dedi Bozorov.
Unga koʻra, Oʻzbekiston tomoni Angliya-Shvetsiya kompaniyasi litsenziyasi asosida Hindistonda ishlab chiqarilgan vaktsinani oladi.
SES maʼlumotlariga koʻra, Toshkent COVAX mexanizmi doirasida 12ta vaktsinasi ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan muzokaralar olib bormoqda. Xususan, Amerikaning Pfizer kompaniyasi va uning nemis sherigi BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming doza Comirnaty, shuningdek 2,5 million dozagacha AstraZeneca vaktsinasini sotib olish toʻgʻrisida gap ketmoqda. Germaniya hukumati Toshkentga COVAX orqali vaktsinalar sotib olishda yordam bermoqda.
AstraZeneca vaktsinasi Yevropada munozarali reputatsiyaga ega. Avstriya hukumati ilgari emlangan bir ayolning oʻlimi va boshqa birida emlashdan keyin tromboz holatlari yuzaga kelgani sababli bu preparatdan ehtiyot chorasi sifatida foydalanishni toʻxtatishga qaror qildi. Bunga Estoniya, Litva, Lyuksemburg, Latviya, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Bolgariya, Ruminiya ergashdi.
Konteyner s vaktsinoy Sputnik V ot COVID-19, razrabotannoy Natsionalnыm tsentrom epidemiologii i mikrobiologii imeni N. Gamalei, v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Dunyoda
YEIning yana 4ta davlati "Sputnik V"ga qiziqish bildirdi
Shu bilan birga, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti AstraZenecadan voz kechish uchun hech qanday sabab yoʻq deb hisoblaydi. U yerda preparat bilan emlashni davom ettirish tavsiya qilindi, shu bilan birga uni qoʻllash paytida tromboz yuzaga kelish sabablarini oʻrganish davom etmoqda.
Fevral oyida Oʻzbekiston Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini mamlakatda ommaviy foydalanish uchun sertifikatlashdi. Bu dunyodagi birinchi roʻyxatdan oʻtgan koronavirusga qarshi vaktsina boʻlib, bugun u oʻzining xavfsizligi va samaradorligini allaqachon isbotladi. Ayni vaqtda RF va undan tashqarida 7 milliondan ortiq kishi “Sputnik V” bilan emlandi.
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyevga koʻra, respublikaga “Sputnik V”ni yetkazib berish boʻyicha shartnoma loyihasi tayyorlanib, Rossiya tomoni koʻrib chiqilmoqda.
Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Rossiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi bilan va respublikada "Sputnik V" ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasida ish olib borayotganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala