Jamiyat

Samarqandda Imom Buxoriy mavzusida xalqaro anjuman boshlanish arafasida

© Komitet po delam religiy Konferentsiya posvyaщennaya duxovnomu naslediyu Imama Buxari v Samarkande
Konferentsiya posvyaщennaya duxovnomu naslediyu Imama Buxari v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Samarqandda Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati va millatlararo totuvlikni taʼminlashdagi oʻrniga baqishlangan anjuman boshlanmoqda.
TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Ayni damda Samarqandda “Imom Buxoriy merosining oʻziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida xalqaro konferentsiya boshlanish arafasida deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi.
Nufuzli xalqaro anjuman quyidagi mavzularga bagʻishlanadi:
1. Imom Buxoriy merosining oʻziga xos xususiyatlari, afzalliklari;
2. Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati va millatlararo totuvlikni taʼminlashdagi oʻrni;
3. Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik, yaxshi qoʻshnichilik va hamjihatlik, diniy-milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanishlar va oʻzgarishlarni targʻib qilish.
Delegatsii Afganistana i Tadjikistana pribыli v Samarkand dlya uchastiya v mejdunarodnoy konferentsii posvyaщennoy Imam Buxari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Jamiyat
Afgʻoniston va Tojikiston diniy ulamolari Samarqandga yetib kelishdi
Xalqaro anjumanda oʻz ona tilida chiqish qilgan har bir maʼruzachining nutqi tarjimonlar tomonidan tegishli tillarga tarjima qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Tojikiston diniy soha rahbarlari, yetuk ulamolar, mutaxassis va mutasaddi vakillari 13-14 mart kunlari Samarqandga yetib yetib kelishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala