Samarqandda Imom Buxoriy mavzusida xalqaro anjuman boshlanish arafasida

© Komitet po delam religiy Konferensiya posvashennaya duxovnomu naslediyu Imama Buxari v Samarkande
Konferensiya posvashennaya duxovnomu naslediyu Imama Buxari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
Samarqandda Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati va millatlararo totuvlikni ta’minlashdagi o‘rniga baqishlangan anjuman boshlanmoqda.
TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Ayni damda Samarqandda “Imom Buxoriy merosining o‘ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya boshlanish arafasida deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi.
Nufuzli xalqaro anjuman quyidagi mavzularga bag‘ishlanadi:
1. Imom Buxoriy merosining o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari;
2. Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati va millatlararo totuvlikni ta’minlashdagi o‘rni;
3. Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, yaxshi qo‘shnichilik va hamjihatlik, diniy-milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanishlar va o‘zgarishlarni targ‘ib qilish.
Delegatsii Afganistana i Tadjikistana pribili v Samarkand dlya uchastiya v mejdunarodnoy konferensii posvashennoy Imam Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Afg‘oniston va Tojikiston diniy ulamolari Samarqandga yetib kelishdi
Xalqaro anjumanda o‘z ona tilida chiqish qilgan har bir ma’ruzachining nutqi tarjimonlar tomonidan tegishli tillarga tarjima qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun O‘zbekiston, Afg‘oniston va Tojikiston diniy soha rahbarlari, yetuk ulamolar, mutaxassis va mutasaddi vakillari 13-14 mart kunlari Samarqandga yetib yetib kelishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0