Jamiyat

Ehtiyojmand aholiga davlat hisobidan yer ajratiladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishPosevnaya risa v Krasnodarskom kraye
Posevnaya risa v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarga yer ajratiladi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. “Qishloq xoʻjaligida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida muhokamaga qoʻyildi.
Hujjat “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shugʻullanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni ajratib berish munosabatlarini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan joylarda aholini, eng avvalo “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bandligini taʼminlash mushkul kechmoqda, mehnat migratsiyasining geografiyasi tobora kengaymoqda. Davlat tashkilotlari va idoralari, yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlik subʼyektlaridagi mavjud ish oʻrinlarida ishsiz va mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligini toʻliq qamrab olishga imkoniyati mavjud emas”, - deyilgan hujjatda.
Loyihada Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli fuqarolar, ishsiz yoshlarga davlat va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlaridan 0,1 gektardan 1 gektargacha yer uchastkalarini berish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullash qayd etilgan.
“hududlarda aholining soni va zichligini inobatga olgan holda, aholiga yangi oʻzlashtirilgan, lalmi hamda qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlari oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan ehtiyojmand oilalarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha oʻlchamda, choʻl va sahro mintaqasida esa sugʻorilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha oʻlchamda belgilangan tartibda beriladi”, - deyilgan loyihada.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala