Jamiyat

Hafta oxiriga kelib havo harorati keskin koʻtariladi – Oʻzgidromet

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Haftaning ikkinchi yarmi boshidan mamlakatga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Oʻzgidromet hafta davomida Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
15 mart kuni respublika hududi antitsiklon taʼsiri ostida boʻladi. Kun davomida havo 3-8° iliqgacha isiydi. Bu mart oyining oʻrtasi uchun meʼyoriy qiymatlardan ancha sovuqdir.
16 va 17 martda antitsiklon periferiyasi Oʻzbekiston hududidan sekin ortga chekinadi, kechalari biroz sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va chorshanba kuni kunduz kungi harorat 9-14° iliqgacha koʻtariladi.
Hududlarning koʻp qismida ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida salqin va nam havo massalari kirib kelishi hisobiga baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
Haftaning ikkinchi yarmi boshidan Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi.
Havo harorati, ayniqsa, kunduz kunlari keskin koʻtariladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat kunduz kunlari 20-25° iliq, janubda 27° iliqgacha boʻlgan qiymatlarga yetadi va meʼyordan 6-8° ga koʻp boʻladi.
15-19 martda Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala