Video

Ilm izlab: oʻzbekistonliklar qanday Rossiya oliygohlariga bepul oʻqishga kirishmoqda

Oʻzbekistonda Rossiyada bepul taʼlim olishi mumkin boʻlgan abituriyentlar uchun test sinovlari boʻlib oʻtdi.
Qayd etish joizki, koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan bir yillik tanaffusdan soʻng sinovlar yana nomzodlarning bevosita ishtirokida boʻlib oʻtdi. Test sinovlari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetida tashkil etildi. Omadini sinash va Rossiya OTMlariga kirish uchun respublikaning turli burchaklaridan ikki mingdan ziyod kishi keldi. Imtihonlarni respublikaga Rossiyaning 22 ta oliygohlaridan tashrif buyurgan 32 nafar mutaxassislar qabul qilishdi. Ular aynan shu imtihonlar uchun Oʻzbekistonga kelishgan edi.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Saralash bosqichini ikki mamlakat idoralarining yaxshi yoʻlga qoʻyilgan ishlari tufayli muvaffaqiyatli oʻtkazishga erishildi. Loyiha Oʻzbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi, respublikadagi Tatariston vakolatxonasi, Rossiya elchixonasi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi vakolatxonasi koʻmagida amalga oshirilgan. Tashkiliy ishlarda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus vazirligi koʻmaklashgan.
Rossiya 2021 yilda oʻz oliygohlarida xorijlik talabalar uchun bepul kvotalar sonini koʻpaytirdi. Endilikda 405 nafargacha oʻzbekistonlik byudjetga hujjat topshirishi mumkin, kelajakda bu yana koʻpaytirilishi mumkin.
Rossotrudnichestvo vakolatxonasi Toshkentga turli sabablarga kela olmagan va sinovlarda qatnasha olmaganlar uchun qoʻshimcha test kunini belgilash imkoniyati koʻrib chiqilayotganini taʼkidladi. Batafsil maʼlumot tashkilotning rasmiy saytiga joylashtiriladi.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar 22 ta Rossiya OTMlaridan biriga oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻladi. Ular orasida Barnaul, Yekaterinburg, Yoshkar-Ola, Kaliningrad, Kursk, Moskva, Novosibirsk, Novocherkassk, Pskov, Stavropol, Tomsk, Tyumeni, Ufa va Xabarovskdagi oliygohlar bor.Imtihon natijalarini rossiyalik mutaxassislar tekshiradi, baholash tizimi esa mutlaqo shaffof boʻladi.
Taʼkidlash joizki, nafaqat yoshlar ilm olish ishtiyoqida: sinovlarga kelganlar orasida 54 yoshli abituriyent ham bor edi. U meteorolgiya sohasida oliy maʼlumot olmoqchi. Axir “beshikdan qabrgacha ilm izla” deb bekorga aytishmagan.
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Analitika
Rossiya OTMlariga kirish osonlashdi: xorijliklar uchun superservis nima
Kirish imtihonlari qanday boʻlib oʻtgani Sputnik lavhasida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala