O‘zbekistonlik taekvondochilar Turkiyada 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaTaekvondisti Uzbekistana zavoyevali 8 medaley v Tursii
Taekvondisti Uzbekistana zavoyevali 8 medaley v Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston vakillari 3 ta oltin va 5 ta bronza medaliga ega chiqishdi va umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallashdi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi (WTF) “Turkish Open” musobaqasida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa 10-12 mart kunlari kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini 17 nafar taekvondochi himoya qilgan. Ulug‘bek Rashitov, Nigora Tursunqulova va Nikita Rafalovich jamoaga oltin medallarni taqdim etgan. Charos Qayumova, Shohrux Rajabov, Madinabonu Mannopova, Shohsanam A’zamova, Shuhrat Salayev esa bronza medalga ega chiqishgan.
Nursultan Ruziboyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Nursulton Ro‘ziboyev fransiyalik jangchini “slem” usuli bilan nokautga uchratdi
“Vakillarimiz 3 ta oltin va 5 ta bronza medaliga ega chiqishdi hamda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallashdi”, - deyilgan xabarda.
Sportchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olingan.
Yangiliklar lentasi
0