Qozog‘istonlik yosh DJ “Gremmi” mukofoti sovrindori bo‘ldi

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonlik musiqachi va didjey 20 yoshli Imanbek Zeykenov “Eng yaxshi remiks” yo‘nalishida “Gremmi" mukofotiga loyiq topildi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qozog‘istonlik musiqachi va didjey Imanbek Zeykenov “Gremmi” nufuzli musiqiy mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda u o‘zining Instagram᾽dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Musiqachi faoliyatidagi eng yoqimli narsa - bu “Grammy”ni qo‘lga kiritish, va biz buni uddaladik”, - deya yozgan Imanbek.
U “Eng yaxshi remiks” yo‘nalishida bu mukofotga sazovor bo‘lgan.
Uning amerikalik reper Saint Jhn.ning “Roses” qo‘shig‘iga yaratgan remiksi dunyo top-chartlariga chiqqan. 2020-yil davomida ushbu qo‘shiq Amerika va Yevropaning top 10taligida va “Shazam”da uzoq vaqt davomida bo‘ldi. Youtube᾽da Imanbekning “Roses” talqini 234,5 milliondan ortiq marta ko‘rilgan.
Yangiliklar lentasi
0