Samarqandda Imom Buxoriy me’rosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda

© Komitet po delam religiyDelegatsii Afganistana i Tadjikistana pribili v Samarkand dlya uchastiya v mejdunarodnoy konferensii posvashennoy Imam Buxari
Delegatsii Afganistana i Tadjikistana pribili v Samarkand dlya uchastiya v mejdunarodnoy konferensii posvashennoy Imam Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
Samarqandda Afg‘oniston va Tojikiston diniy ulamolari hamda olimlari ishtirokida Imom Buxoriy me’rosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Imom Buxoriy me’rosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman boshlandi, deb xabar qilmoqda Din ishlari ko‘mitasi.
Anjumanda Afg‘oniston va Tojikiston delegatsiyalari hamda O‘zbekiston diniy ulamolari va olimlari, 50ga yaqin mutaxassislar ishtirok etmoqda.
“Avvalombor, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani janobalirinig salomini O‘zbekiston xalqi va prezident Shavkat Mirziyoyevga yetkazmokchiman.
Biz kecha Imom Buxoriy majmuasini va Imom Buxoriy nomli ilmiy markazini va hadisshunoslik maktabini borib ko‘rdik, masjilarni ko‘rdik.
O‘zbekistondai obodonchilik, diniy, ilmiy sohalardagi islohotlar bizda juda katta taasurot qoldirdi. Biz prezident Shavkat Mirziyoyev allomalar yurti bo‘lgan O‘zbekistonni qayta tiklashga harakat qilayotganidan juda xursand bo‘ldik va ushbu ishlarda katta muvaffaqiyat tilab qolamiz” - dedi Afg‘oniston Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri.
Anjuman mexmonlari uchun Tolshkenntva Buxoroga sayotxat uyushtirishi rejalashtirilmoqda. Konferensiya so‘ngida uning yakuniy bayonoti qabul qilinishi ham kutilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston dunyoga islom dini ilmiga ulkan hissa qo‘shgan davlat sifatida tanilgan. Bu borada ayniqsa Imom Buxoriyning hissasi katta. Islom ilmida Imom Buxoriy yaratgan 20dan ortiq asarlar Qur’oni Karimdan keyingi eng muhim manbaa hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0