Sport

“Soʻgʻdiyona”-“Turon” uchrashuvi bosh hakami nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishBokovoy sudya
Bokovoy sudya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
OʻFA Hakamlik qoʻmitasi Soʻgʻdiyona” – “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning xatti-harakatlarini atroflicha tahlil qilib chiqdi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. OʻFA Hakamlik qoʻmitasi “Soʻgʻdiyona” – “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning oʻyin davomidagi xatti-harakatlari atroflicha tahlil qilib chiqdi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar qilmoqda.
14 mart kuni Oʻzbekiston Superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” – “Turon” uchrashuvida yuzaga kelgan holat futbol jamoatchiligining muhokamalariga sabab boʻlgan edi.
Mutaxassislar “Soʻgʻdiyona” – “Turon” uchrashuvi video-lavhasini qayta koʻrib, vaziyatlarni sinchkovlik bilan oʻrganib chiqqan.
Tahlil natijasida bosh hakam Viktor Serazitdinov uchrashuvning 29-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilamaganligi aniqlangan. Shuningdek, bosh hakam 52-daqiqada “Turon” futbolchisi oʻz jarima maydonida toʻpni qoʻli bilan oʻynadi deya baholab, penalti belgilagan vaziyat xato boʻlgan.
“OʻFA Hakamlik qoʻmitasining yakuniy qaroriga muvofiq, qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyganligi hamda ushbu xatolar oʻyin natijasiga taʼsir oʻtkazganligi sababli Viktor Serazitdinovning mazkur uchrashuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, OʻFA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspektsiyasi tomonidan mazkur holat boʻyicha tegishli maʼlumotlar, mazkur futbol uchrashuvi qaydnomasi va inspektor hisoboti, videomateriallarni oʻrganib chiqish ishlari boshlandi. Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda OʻFA Etika qoʻmitasi tegishli tartibda koʻrib chiqib, yakuniy qarorlarni qabul qiladi.
Eslatib oʻtamiz, “Turon” futbol klubi bosh murabbiyi ushbu oʻyindan soʻng hakamlarni qattiq tanqid qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala