Siyosat

Qirgʻizistonda Soʻx anklaviga oʻtish tartibi tushuntirildi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom
Otkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Qirgʻiziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasi Oʻzbekistonning Soʻx anklaviga koridor berilishi haqidagi maʼlumotlarni rad etdi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Qirgʻiziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasi Oʻzbekistonning Soʻx anklaviga koridor berilishi haqidagi maʼlumotlarni rad etdi. Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.
Qayd etilishicha, Botken viloyati orqali Soʻx anklaviga oʻtish uchun transport koridori berilishi haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Mazkur masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda, deb taʼkidlandi vakolatxonada.
Matbuot xizmati taʼkidlashicha, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi chogʻida muzokaralarda avval koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan “Qadamjoy” viloyatidagi “Kaytpas” nazoratdan-oʻtish punktini ochish masalasi muhokama qilingan.
“Qoʻshni davlat fuqarolari, avvalgidek, Qirgʻizistonga “Qaytpas” nazorat-oʻtkazish punkti orqali kiradi va mamlakatimiz hududi orqali Otukchu punktigacha harakatlanadi, qayta tekshiruvdan soʻng - Oʻzbekistonning Soʻx tumaniga kirishi mumkin”, - deb tushuntirishdi Qirgʻiziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasida.
Radioreleynaya sistema na gore Unkur-Too - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Unqur togʻ uchastkasiga daʼvogarlik qilmaslikka tayyorligini bildirdi
2020 yil martdan boshlash oʻzbekistonliklar anklavga faqat “Qadamjoy” avtomobil nazoratdan oʻtkazish punkti orqali kira olardi. “Kaytpasa” ochilishi bilan ushbu NOʻPdagi fuqarolarning harakatlanishi osonlashadi, transport tirbandligi kamayadi, - deb taʼkidlashdi vakolatxonada.
Shuningdek, anklavga aviaqatnovlar masalasi ham muhokama qilindi – bu maqsadda kichik samolyotlar parvoz qilishni boshlaydi.
Oʻtgan shanba kuni Qirgʻiziston prezidenti matbuot-kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha Qirgʻiziston tomoni Oʻzbekiston anklaviga transport va avia-qatnovini ochishga tayyor ekanligi toʻgʻrisida kelishuvga erishilganini aytdi.
Anklav aholisi davlat chegarasi orqali erkin harakatlanishlari mumkin. Oʻz navbatida Oʻzbekiston tomoni Qirgʻizistonga, shu vaqtga qadar chegara oldida yashovchi aholi oʻrtasida bahs va siyosiy ziddiylashuv predmeti boʻlib kelgan Unqur togʻ hududiga daʼvogarlik qilmaslikka tayyorligini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala