Qirg‘izistonda So‘x anklaviga o‘tish tartibi tushuntirildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishOtkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom
Otkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasi O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasi O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Qayd etilishicha, Botken viloyati orqali So‘x anklaviga o‘tish uchun transport koridori berilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Mazkur masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda, deb ta’kidlandi vakolatxonada.
Matbuot xizmati ta’kidlashicha, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida muzokaralarda avval koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan “Qadamjoy” viloyatidagi “Kaytpas” nazoratdan-o‘tish punktini ochish masalasi muhokama qilingan.
“Qo‘shni davlat fuqarolari, avvalgidek, Qirg‘izistonga “Qaytpas” nazorat-o‘tkazish punkti orqali kiradi va mamlakatimiz hududi orqali Otukchu punktigacha harakatlanadi, qayta tekshiruvdan so‘ng - O‘zbekistonning So‘x tumaniga kirishi mumkin”, - deb tushuntirishdi Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatxonasida.
Radioreleynaya sistema na gore Unkur-Too - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2021
O‘zbekiston Unqur tog‘ uchastkasiga da’vogarlik qilmaslikka tayyorligini bildirdi
2020 yil martdan boshlash o‘zbekistonliklar anklavga faqat “Qadamjoy” avtomobil nazoratdan o‘tkazish punkti orqali kira olardi. “Kaytpasa” ochilishi bilan ushbu NO‘Pdagi fuqarolarning harakatlanishi osonlashadi, transport tirbandligi kamayadi, - deb ta’kidlashdi vakolatxonada.
Shuningdek, anklavga aviaqatnovlar masalasi ham muhokama qilindi – bu maqsadda kichik samolyotlar parvoz qilishni boshlaydi.
O‘tgan shanba kuni Qirg‘iziston prezidenti matbuot-kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha Qirg‘iziston tomoni O‘zbekiston anklaviga transport va avia-qatnovini ochishga tayyor ekanligi to‘g‘risida kelishuvga erishilganini aytdi.
Anklav aholisi davlat chegarasi orqali erkin harakatlanishlari mumkin. O‘z navbatida O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga, shu vaqtga qadar chegara oldida yashovchi aholi o‘rtasida bahs va siyosiy ziddiylashuv predmeti bo‘lib kelgan Unqur tog‘ hududiga da’vogarlik qilmaslikka tayyorligini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0