Dunyoda

YEIning yana 4ta davlati "Sputnik V"ga qiziqish bildirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishKonteyner s vaktsinoy Sputnik V ot COVID-19, razrabotannoy Natsionalnыm tsentrom epidemiologii i mikrobiologii imeni N. Gamalei, v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo v Moskve
Konteyner s vaktsinoy Sputnik V ot COVID-19, razrabotannoy Natsionalnыm tsentrom epidemiologii i mikrobiologii imeni N. Gamalei, v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Yevropa Ittifoqining 4ta davlati Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaktsinasi ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralarni boshlamoqchi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqining 4ta davlati Rossiyaning “Sputnik V” vaktsina ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Reuters agentligiga.
Maʼlumki, Vengriya va Slovakiya allaqachon Rossiya preparatini sotib oldi, Chexiya qiziqish bildirgan, Italiya Rim yaqinidagi eng katta bioreaktor - ReiThera korxonasida ishlab chiqarishni boshlash masalasini oʻrganmoqda.
4 mart kuni Yevropa tibbiyot agentligi Rossiya vaktsinasini sinovdan oʻtkazishni boshladi. Jarayon bilan tanish boʻlgan manbaning aytishicha, may oyida vaktsina maʼqullanishi mumkin.
“Sputnik V” allaqachon 50ta mamlakatda (aholi 1,3 mlrd) roʻyxatdan oʻtgan.
Gamaleya markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasi koronavirusga qarshi roʻyxatga olingan dunyodagi birinchi preparat boʻldi. Vaktsina oʻzining samaradorligi va xavfsizligini koʻplab marotaba isbotlagan, preparat salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va shu bois Rossiya vaktsinasiga boʻlgan ishonch kun sayin ortib bormoqda.
Fevral oyining boshida Lancet ilmiy jurnali “Sputnik V” vaktsinasi klinik sinovlarining 3-bosqich natijalarini eʼlon qildi. Unda vaktsina 91,6% samaradorligini namoyish etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala