YeIning yana 4ta davlati "Sputnik V"ga qiziqish bildirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKonteyner s vaksinoy Sputnik V ot COVID-19, razrabotannoy Natsionalnim sentrom epidemiologii i mikrobiologii imeni N. Gamalei, v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo v Moskve
Konteyner s vaksinoy Sputnik V ot COVID-19, razrabotannoy Natsionalnim sentrom epidemiologii i mikrobiologii imeni N. Gamalei, v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqining 4ta davlati Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralarni boshlamoqchi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqining 4ta davlati Rossiyaning “Sputnik V” vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Reuters agentligiga.
Ma’lumki, Vengriya va Slovakiya allaqachon Rossiya preparatini sotib oldi, Chexiya qiziqish bildirgan, Italiya Rim yaqinidagi eng katta bioreaktor - ReiThera korxonasida ishlab chiqarishni boshlash masalasini o‘rganmoqda.
4 mart kuni Yevropa tibbiyot agentligi Rossiya vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Jarayon bilan tanish bo‘lgan manbaning aytishicha, may oyida vaksina ma’qullanishi mumkin.
“Sputnik V” allaqachon 50ta mamlakatda (aholi 1,3 mlrd) ro‘yxatdan o‘tgan.
Gamaleya markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan dunyodagi birinchi preparat bo‘ldi. Vaksina o‘zining samaradorligi va xavfsizligini ko‘plab marotaba isbotlagan, preparat salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va shu bois Rossiya vaksinasiga bo‘lgan ishonch kun sayin ortib bormoqda.
Fevral oyining boshida Lancet ilmiy jurnali “Sputnik V” vaksinasi klinik sinovlarining 3-bosqich natijalarini e’lon qildi. Unda vaksina 91,6% samaradorligini namoyish etdi.
Yangiliklar lentasi
0