Jamiyat

Toshkentda karantin talablariga rioya qilinishi qatʼiy nazoratga olinadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa
Jiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Poytaxtda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigiyena tartib qoidalariga aholi tomonidan toʻliq rioya etilishi nazorat qilinadi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Toshkentda karantin talablariga rioya qilinishii qatʼiy nazoratga olinadi. Bu haqda Toshkent shahriga koronavirus infektsiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish boʻyicha maxsus yigʻilishda maʼlum qilindi.
Toshkent shahar shtabi rahbari, shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev boshchiligida oʻtgan yigʻilishda hokim oʻrinbosarlari, shahar sektor rahbarlari, tuman hokimlari va boshqarmalar rahbarlaridan iborat shtab aʼzolari qatnashdi.
Yigʻilishda soʻnggi kunlarda Toshkent shahrida koronavirus infektsiyasiga chalinish holatlari ortayotganligi yuzasidan Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining axboroti tinglandi.
Vremennыy gospital dlya patsiyentov s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda 100 dan ziyod kovid bilan kasallanish holati aniqlandi: Toshkent yana yetakchi
Shuningdek, mavjud vaziyatni nazoratga olish, shaharning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari va taʼlim maskanlari, shuningdek, aholi koʻp toʻplanadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga toʻliq rioya qilinishini taʼminlash muhimligi alohida taʼkidlab oʻtildi.
Soʻrov
Kasallik avj olsa, yana karantin joriy etish kerakmi?
Poytaxt hududida koronavirus infektsiyasining keng tarqalishini oldini olish hamda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigiyena tartib qoidalariga aholi tomonidan toʻliq rioya etilishini nazoratga olish boʻyicha masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala