Toshkentdagi “EVOS” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishPojarno-takticheskie ucheniya po tusheniyu nefteproduktov
Pojarno-takticheskie ucheniya po tusheniyu nefteproduktov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
“EVOS” umumiy ovqatlanish shoxobchasida kelib chiqqan yong‘in o‘z vaqtida bartaraf etildi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi “EVOS” umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Hodisa kecha soat 20:32 da ro‘y bergan. Yong‘indan shoxobchaning 10 kv.m maydoni zarar ko‘rgan.
Tushenie pojara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2021
Samarqand viloyatidagi restoranlardan birida yong‘in yuz berdi
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv soat 20:46 da yong‘inni to‘liq bartaraf etgan. Yong‘indan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘inning taxminiy sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0