Jamiyat

“Toshshahartransxizmat” aholiga ogohlantirish bilan chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovleniye dvijeniya obщestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovleniye dvijeniya obщestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
“Toshshahartransxizmat” AJ jamoat transportidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqobda boʻlishlari shartligini eslatdi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. “Toshshahartransxizmat” AJ poytaxt aholisiga murojaat qilib, karantin talablariga rioya qilish zarurligini eslatdi.
“Shahar jamoat transportidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqobda boʻlishlari, shuningdek, belgilangan karantin talablari va sanitariya meʼyorlariga qatʼiy amal qilishlari talab etiladi”, - deyilgan xabarda.
Jamoat transportida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan doimiy ravishda kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari oʻtkazib boriladi.
Rabota kovid-gospitalya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Jamiyat
Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallanish koʻpaymoqda: Toshkent mutlaq yetakchi
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev masʼullarga shaharda aholining karantin talablariga toʻliq rioya etishini nazoratga olish boʻyicha topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
Soʻnggi kunlarda Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanish koʻpayotgani kuzatilmoqda. 14 mart kuni Oʻzbekiston boʻylab 111 ta yangi holat aniqlangan, shundan 93 tasi poytaxtga toʻgʻri kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala