Siyosat

Transport tizimini rivojlantirish va umumiy bozorlar: 30 yil oʻtib MDH qaysi yoʻldan ketyapti

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan Dosaliyev Flagi gosudarstv SNG. Arxivnoye foto
Flagi gosudarstv SNG. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Vadim Pavlov. Oʻttiz yil mobaynida Hamdoʻstlik mamlakatlari ancha narsalarga erishdi – asosiy yutuqlar orasida erkin savdo zonasini yaratish va Yevroittifoq mamlakatlariga qaraganda, xususan, YEOII mamlakatlariga iqtisodiyot uchun 2020 yildan kam yoʻqotishlar bilan oʻtgishga imkon bergan turli yoʻnalishlardagi yuqori darajali integratsiya ajralib turadi.
Biroq, boʻlib oʻtgan yigʻilish ishtirokchilarining soʻzlariga koʻra, MDHning hali ochilmagan ulgan salohiyatlari bor. Hamdoʻstlik mamlakatlari yagona mehnat va moliya bozorlarini shakllantirish sari qanday choralar koʻrayotgani, transport bogʻliqlik va MHDda erkin savdo rejimining liberallashtirishning keyingi taqdiri haqida - Sputnik materialida.
Beloruscha stseraniy
Joriy yilda MDHga Belarus raislik qilmoqda. Respublika raisligi Hamdoʻstlikning mavjud salohiyatini yuzaga chiqarishga bel bogʻlagan. Bu haqda Belarus bosh vaziri oʻrinbosari Igor Petrishenko yalpi majlisni ochayotib, maʼlum qildi.
“Raislikning loyihali hujjatlarida amaliy xususiyatga ega boʻlgan masalalarga asosiy eʼtibor qaratiladi, - dedi u. – Bu erkin savdo zonasini gʻov va boshqa toʻsiqlarsiz tovar bilan toʻlaqonli rejimini taʼminlash, sanoat korporatsiyalarini kengaytirish. Savdo-sotiqda maʼmuriy jarayonlarni soddalashtirish, texnik tartibga solish sohasidagi muvofiqlashtirilgan siyosat va standartizatsiya, transport, sanitariya, veterinar va fotosanitariya choralarini chuqurlashtirish, investitsiya, innovatsiya sohasi va boshqa sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratilgan”.
Dvijeniya gruzovыx poyezdov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Iqtisod
Trans-afgʻon temir yoʻli: YEOII Oʻzbekistonga yordam beradimi?
Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Aleksey Overchuk MDH mamlakatlarining keyingi integratsiyasi va iqtisodiy rivojlanishining zamini erkin savdo zonasi toʻgʻrisidagi shartnoma deb hisoblaydi.
Eslatib oʻtamiz, MDH erkin savdo zonasi toʻgʻrisidagi shartnoma 2012 yil oktyabrida Belarus, Rossiya va Ukraina oʻrtasida kuchga kirdi. Keyinchalik shartnomaga Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston va Oʻzbekiston qoʻshildi. 2016 yil boshidan Rossiya va Ukraina oʻrtasida ushbu shartnomaning amal qilishi oʻzaro toʻxtatib qoʻyilgan.
“Erkin savdo zonasi rejimini yanada liberallashtirish maqsadida investitsiya oqimlarining oshishi uchun yanada qulay sharoit yaratadigan xizmatlar bilan erkin savdo-sotiq toʻgʻrisida bitim loyihasi tayyorlangan”, - dedi Overchuk yalpi majlis davomida.
Ushbu shartnoma imzolagandan soʻng MDH mamlakatlari Hamdoʻstlikning boshqa mamlakat kompaniyalari taqdim etadigan xizmatlardan bojsiz foydalana olishlarini nazarda tutadi.
Bitim loyihasi hozircha chop qilinmayapti, shu bois bugungi kunda bir mamlakat kompaniyasi boshqalarida qaysi sharoitlar asosida ishlay olishi, bu uchun ularga qoʻshimcha litsenziya (xususan, moliyaviy kompaniyalar uchun) kerak boʻlishi yoki boʻlmasligi borasidagi maʼlumotlar yoʻq.
Flagi Rossii, Kыrgыzstana, Kazaxstana, Belarusi, Armenii, a takje s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Dunyoda
YEOII Gʻarb sanktsiyalariga birgalikda javob beradi
May oyida Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey maʼlum qilganidek, MDHda xizmatlar erkin savdosi toʻgʻrisidagi bitim loyihasi bu yil imzolanishga tayyor boʻlishi mumkin.
Kelajak integratsiyani chuqurlashtirishda
Belarus bosh vaziri oʻrinbosari Hamdoʻstlikga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida integratsiya jarayonlarini davom ettirish zarurligini taʼkidladi.
“YEOII “beshligi” (Ittifoqqa Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiyaga kiradi – tahr.) va MDHning boshqa mamlakatlari oʻrtasida biror bir ajratuvchi chiziq yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik darkor. Aksincha, integratsiyani chuqurlashtirishga qaror qilgan va iqtisodiy ittifoq yaratgan mamlakatlar tomonidan erishilgan eng yaxshi ishlanmalar MDH doirasida koʻrib chiqish uchun taklif qilinishi zarur”, - dedi Igor Petrishenko.
Uning soʻzlariga koʻra, pandemiya sharoitida Hamdoʻstlik mamlakatlari bir biridan yopilmasligi va savdo-sotiqda protektsionizmni kuchaytirmasliklari lozim. “Birgalikda koʻp narsalarga erisha olamiz, birgalikda iqtisodiy retsessiya va u bilan bogʻliq ijtimoiy puturlani yengib oʻtish osonroq boʻladi”, - deya ishonadi Belarus bosh vaziri oʻrinbosari.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati (YEIK) raisi Mixail Myasnikovich uning fikriga qoʻshiladi. Uning soʻzlariga koʻra, inqirozli 2020 yilda tashqi savdo fonida aynan YEOII ichidagi savdo-sotiq ijobiy surʼatni koʻrsatgan.
Myasnikovich YEOII iqtisodiyoti Yevroittifoq mamlakatlariga qaraganda COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan chaqiriqlarning uddasidan chiqqan. “Oʻtgan yili barcha jabhalarda ogʻir yil boʻldi: YEOII YAIM 3,9 foizga qisqardi. Maʼlumot uchun: Yevropa Ittifoqi YAIM 7,2 foizga, Germaniyaki 5,4 foizga, Buyuk Britaniyaniki 10 foizga”, - dedi u.
 Vkusno i krasivo: kak sdelat fruktovыy buket svoimi rukami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Iqtisod
Rossiya MDH davlatlari bilan oʻsimliklar karantini boʻyicha hamkorlik qiladi
Shu tariqa, oʻtgan yil chaqiriqlari - koronavirus pandemiyasi va keng koʻlamli iqtisodiy inqiroz – YEOII va MDHning integratsiya aloqalari muhimligi yanada koʻproq anglashni talab etadi, deb hisoblaydi Myasnikovich.
“Rossiya eksport markazi” (REM) bosh direktori Veronika Nikishina milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni hamkorlik rivojlanishining muhim boʻgʻini ekanini aytdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bugun bu yoʻnalishdagi ishlarning ilk ijobiy natijalari bor. Masalan, 2020 yildan boshlab “Roseksimbank” Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida hisob-kitoblarni milliy valyutalarda (Rossiya rubli va oʻzbek soʻmida – tahr.) oʻtkazishni boshladi. “Ozarbayjon, Qozogʻiston va Belarus bilan infratuzilma yoʻlga qoʻyilgan, va biz bunday operatsiyalarni oʻtkazish uchun toʻliq hozirmiz”, - deydi Veronika Nikishina.
Valyuta siyosati MDH mamlakatlarining koʻprogʻi bilan kelishilsa, umumiy moliya bozori shakllanishi haqida ham gapirish mumkin boʻladi, deb hisoblaydi REM rahbari. “Ishonchim komilki, bu umumiy raqobatbardoshligimizni sezilarli oshiradi”, - deya xulosa qildi Nikishina.
“Yagona” transport tizimi har kimga foydali
MDHga aʼzo mamlakatlar transport rivojlanishi masalasini hal qilish uchun birlashlari zarur, deb hisoblaydi Sergey Katirin. Uning soʻzlariga koʻra, biznesning bu yerda ushbu sohada koʻp eʼtirozlari bor.
“MDH mamlakatlari hududi boʻylab tranzit sohasidagi yagona talablarga rioya qilish va ishlab chiqishni taʼminlash zarur. Shuningdek, uning doirasida chegaraoldi transport infratuzilmasini rivojlantirishning kompleks dasturini qabul qilish kerak”, - dedi Rossiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti.
YEOII va MDH Katta Yevroosiyoning transport bogʻlovchisi mumkin va boʻlishi shart, deya ishonadi Mixail Myasnikovich.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonning YEOII bilan birgalikda Transafgʻon temir yoʻli (Mazori Sharif-Kobul-Peshovar yoʻnalishi boʻylab oʻtadi) loyihasini amalga oshirish tashabbusi koʻrib chiqilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye i vыstupil na tseremonii otkrыtiya Tashkentskogo metallurgicheskogo zavoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.12.2020
Siyosat
Chegaralarni ochish, migrantlar masalasi va savdo: Mirziyoyevni MDH sammitidagi asosiy fikrlari
Eslatib oʻtamiz, fevral oyida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida YEOIIga aʼzo mamlakatlariga Transafgʻon temir yoʻli qurilishiga qoʻshilishni taklif qilgandi.
MDH bugun - bu ulkan, baʼzi joylarda kam aholi joylashgan hudud. U faqat rivojlangan transport tarmogʻi sharoitlarida rivojlanishi mumkin, deya ishonadi Rossiya va Belarus Ittifoq davlati davlat kotibi Grigoriy Rapota.
“Transport - bu odamlar muloqoti, bu iqtisodiyot, taʼlim, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarning rivojlanishi. Transport sohasi men uchun MDHning keyingi rivojlanishining asosiy yoʻnalishi”, - deydi Rapota.
Uning taʼkidlashicha, MDH iqtisodiy jihatdan rivojlangan Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi tranzit hududdir.
Raqamli salohiyat
Mixail Myasnikovich yalpi majlisi davomida oʻtgan yili YEOIIda yaratilgan “Rabota bez granits” soddalashtirilgan qidiruv tizimi MDH mamlakatlarida ishga joylashish va bandlik sohasida davlatlararo qidiruv resursi sifatida qoʻllana boshlanishi mumkinligini maʼlum qildi.
“Bizning “Bir darcha” ekotizimimizda rossiyalik eksportyorlar uchun qator servislar bor. Bu yil elektron fitosanitar sertifikatini olish mumkin boʻladi. Hozir biz bunday sertifikatlarni YEOII hududida tashkil etish uchun muzokaralarga tayyormiz. Elektron koʻrinishda beriladigan sertifikat butun hudud boʻylab tan olinadi”, - dedi Veronika Nikishina.
Nikishina REM bunda katta salohiyatni koʻrayotgani va integratsiya boʻlishni istaydigan mamlakatlar hududlarida raqamli qogʻozsiz sertifikatdan foydalanish uchun aniq takliflarni hozirlamoqda.
Belarus Savdo-sanoat palatasi raisi Vladimir Ulaxovich MDH profil maydonlarida raqamli platformalardan foydalanish zarurligini taʼkidladi.
“Muhim yoʻnalish – sanoat kooperautsiyasi, - deya qoʻshiladi Mixail Myasnikovich. – YEOII mamlakatlarida bugun 17 mingta atrofida qoʻshma korxonalar ishlaydi, lekin bu sohadagi koʻp vazifalarni hal qilish oldinda turibdi. Samarali savdo qilish uchun, savdo-sotiq uchun biror bir narsaga ega boʻlish kerak. Mahsulot zaruriy sifatga javob berishi kerak”.
Flagi stran uchastnits SNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2019
Jamiyat
Oʻzbekiston MDH chegara qoʻshinlari Kengashida faollashgani qayd etildi
Shu bois, uning soʻzlariga koʻra, MDH mamlakatlari ustuvor eʼtiborni qayta ishlanayotgan sanoatga, mehnat samardorligini oshirishga, asosiy kapitalga investitsiya oʻsishi motivatsiyasiga qaratishlari darkor.
“YEIK tomonlar taklifi asosida YEOII sanoatlashtirish xaritasini shakllantirdi. Hujjat 185 ta yirik investitsiya va ahamiyatga molik loyihalar smeta qiymati 300 mlrd dollar 21 kichik soha, 550 dan ziyod texnologik yoʻnalishlarni qamrab oladi. Ularga koʻra YEOIIda import oʻrnini bosish zaruriyati bor. Bu, aslini olgan, integratsiya loyihalari”, - deydi YEIK hayʼati raisi.
U bu ishga MDHga aʼzo mamlakat qatoridagi hamkorlar diqqatini jalb qilishni taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala