Jamiyat

XTV maktablarda bahorgi taʼtil qachondan boshlanishini maʼlum qildi

© SputnikShkola № 27 Mirzo-Ulugbekskogo rayona g. Tashkent
Shkola №  27 Mirzo-Ulugbekskogo rayona g. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
20 mart kuni 2020-2021 oʻquv yilining bahorgi taʼtilining birinchi kuni hisoblanadi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Oʻzbekiston maktablarida bahorgi taʼtil 20 martdan boshlanadi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, prezident farmoniga muvofiq 20 mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼiy nazar dam olish kuni hisoblanadi.
“Shu munosabat bilan, 20 mart kuni 2020-2021 oʻquv yilining bahorgi taʼtilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi taʼtil 20 martdan 28 martgacha davom etadi”, - deyilgan xabarda.
Barcha maktablarda 29 martdan oʻquv yilining 4-choragi boshlanadi.
20 mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tigʻizlashgan holda oʻtkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala