Jamiyat

Buxoro va Qoraqalpogʻistondagi 30 ta maktab ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
2 yil ichida Zamin fondi va YUNISEF hamkorlikda Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻistondagi 30 ta maktabni ichimlik suvi bilan taʼminlaydi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Zamin fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Buxoro viloyatidagi taʼlim va ijtimoiy sohada fond loyihalari amalga oshirilayotgan muassasalarga tashrif buyurdi.
“Umumtaʼlim maktablarda suv, sanitariya va gigiyena” dasturi doirasida birinchi loyiha amalga oshirildi. Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi 11-maktabda suv taʼminoti va sanitariya tizimi yaratildi. Bu uchun maxsus quduq burgʻulandi, ichimlik suvi darajasiga qadar suv tozalash uskunasi oʻrnatildi, gigiyena standartlariga javob beradigan infratuzilma yaratildi va suvni ikkilamchi tozalash tizimi tashkil etildi.
Novыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2020
Jamiyat
“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun yangi dastur taqdim etdi
Keyingi ikki yil davomida Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasining 30 ta umumtaʼlim maktablarida ichimlik suv taʼminoti va sanitariya tizimini yaratish, shuningdek, oʻquvchilar uchun sanitariya va gigiyena boʻyicha maʼrifiy darslar oʻtkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ijtimoiy muassasalarni suv bilan taʼminlash va sanitariya-tozalash kontseptsiyasi ishlab chiqiladi. Mazkur tashabbus UNICEF bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala