Dunyoda

Amerikalik olimlar oʻzbeklarga baxt uchun qancha pul kerakligini aniqlashdi

© Flickr / stefan_fotosUzbekskiye jenщinы
Uzbekskiye jenщinы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Tadqiqot 160ta davlat aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan. Markaziy Osiyo davlatlari ichida qirgʻizistonliklar kam pul bilan ham baxtli boʻlishlari mumkinligi aniqlangan.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. AQShning Perdyu universiteti olimlari dunyoning turli davlatlari aholilariga, shu jumladan, oʻzbekistonliklarga ham ular oʻzlarini baxtiyor his qilishlari uchun qancha pul kerakligini aniqlashdi.
Tadqiqot davomida 1,7 million kishi maʼlumotlari oʻrganilgan, mutaxassislar shuningdek ularning daromadlari va hayotdan qoniqishlari darajasini ham solishtirishgan.
Maʼlum boʻlishicha, pul qancha koʻp boʻlsa, inson shuncha baxtliroq boʻlarkan, ammo maʼlum chegaragacha.
Bundan tashqari, daromadlarning koʻpayib boraverishi yanayam kattaroq baxtsizlikka olib kelishi mumkin ekan.
Molodыe lyudi tseluyutsya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2019
Jamiyat
Eng baxtli odamlar toifasiga kimlar kiradi - britaniyalik olim tadqiqoti
"Baxtni sotib olib boʻlmaydi, lekin pul sizning baxtsizligingizni qisqartirishi mumkin. Ishonchli va qulay daromad shunchaki hayotni yengillashtiradi. Qashshoqlik stressni yuzaga keltiradi va uzoq muddatli zarar yetkazadi", — deyiladi tadqiqotda.
Roʻyxatda kam miqdordagi pul bilan ham fuqarolari baxtli boʻladigan davlatlar sirasiga Surinam (6 799 dollar), Argentina (8 788 dollar), Angola (8 788), Qirgʻiziston (8 997) va Eron (10 134) oʻrin olgan.
Bu 160 ta davlat ichida eng "byudjet" koʻrsatkichlardir.
Bu oraliqda Bermudlardagi "baxt narxi" hammasidan oshib tushgan: bu mamlakat aholisi yiliga 143 933 dollar ishlab topishni istashadi.
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonliklar dollar sotib olishni kamaytirdi
Reytingda keyingi oʻrinlarda Avstraliya (135 321) va Isroil (130 457) turibdi. Yetakchi beshlikni Shveytsariya (128 969) va Yangi Zelandiya (128 844) yakunlagan.
Markaziy Osiyodagi "baxtli hayot kartinasi" juda rang-barang. Bu yerda Turkmaniston ajralib turibdi. Barcha zarur narsalarga ega boʻlish uchun ushbu mamlakat aholisi yiliga 50 393 dollar daromad olishi kerak ekan (taxminan 176 ming turkman manati).
Oʻzbekiston va Tojikistondagi "baxt bahosi" bir-biriga yaqin: 21 960 (230 536 080 soʻm) va 22 850 dollar (260 262 somoniy).
Qozogʻistonliklar oʻzlarini baxtli his etishlari uchun yiliga 14 607 dollar ishlab topishlari kerak boʻlar ekan – bu 6 million tengedan koʻproq degani.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala