Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

Germaniya, Italiya va Frantsiya AstraZeneca bilan emlashni toʻxtatdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtish
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Germaniya, Italiya va Frantsiya ehtiyot chorasi sifatida - AstraZeneca vaktsinasidan foydalanishni toʻxtatishga qaror qilishdi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Germaniya, Italiya va Frantsiya ehtiyot chorasi sifatida - AstraZeneca vaktsinasidan foydalanishni toʻxtatishga qaror qilishdi.
Germaniyada dori-darmonlarning aylanishi va sifati uchun masʼul boʻlgan Erlixa instituti ushbu dori vositasini vaqtincha taqiqlash boʻyicha tavsiyalar berdi.
Italiyada ingliz-shved preparat bilan emlashni vaqtincha toʻxtatib turish Dori vositalari agentligi (Aifa) tomonidan joriy qilindi.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron AstraZeneca vaktsinalaridan foydalanishga vaqtinchalik embargo qoʻyilishini eʼlon qildi.
Uning taʼkidlashicha, Frantsiyada seshanba kunigacha AstraZeneca vaktsinasidan foydalanish toʻxtatilgan, aynan shukuni Yevropaning dori-darmon regulyatori (YEMA) ushbu preparatni qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

AstraZeneca vaktsinasi bilan bogʻliq muammolar

AstraZeneca bilan emlashni vaqtincha toʻxtatgan birinchi mamlakat – Daniya. 11 mart kuni daniyalik ayol ingliz-shved vaktsinasi bilan emlangandan koʻp oʻtmay vafot etganidan keyin bunday qarorga kelindi. Unga tromboemboliya tashxisi qoʻyilgan.
Daniyadan keyin Yevropaning qator davlatlari - Avstriya, Estoniya, Litva, Lyuksemburg, Latviya, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Bolgariya, Ruminiya, Irlandiya, Norvegiya 50 yoshdan oshgan emlangan kishilar orasida tromboz yuzaga kelishi holatlari toʻgʻrisida xabarlar paydo boʻlgandan soʻng vaktsinadan foydalanishni toʻxtatdi.
Shprits na fone logotipa AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Jamiyat
YEI davlatlari AstraZeneca bilan emlashni toʻxtatdi. Oʻzbekiston qanday yoʻl tutadi?
AstraZeneca vaktsinasini olganlar orasida tromboz borligi haqidagi xabarlardan soʻng, Yevropa dorilar agentligi qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish kerakligini maʼlum qildi.
BSSTning konsultativ qoʻmita AstraZeneca bilan emlangan kishilarda tromb yuzaga kelish sabablarini oʻrganmoqda. Ular taʼkidlashicha, hozirda bu vaktsina tromb yuzaga keltirgani toʻgʻrisida aniq dalil yoʻq.

AstraZeneca ishlab chiqarilishi

AstraZeneca 2020 yilda Angliya-Shvetsiya farmatsevtika kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqildi. Preparat vektorli, ikki valentli, "AZD1222" yoki Covishield nomi bilan ham tanilgan.
Klinik tekshiruvlar preparatning samaradorligini (60 foizdan koʻp) isbotladi. YEI koʻplab aholisi bu samaradorlik darajasi yetarli emas, deb hisoblashmoqda. Bu vaktsina haqida shubhalarga Germaniyada va YEIning boshqa qator mamlakatlarida bu preparat bilan faqat 65 yoshgacha boʻlganlar emlashga ruxsat berilganligi sabab boʻlishi mumkin. Yetarli maʼlumot yoʻqligi sababli Shveytsariya bu vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazishni kechiktirdi.

AstraZeneca va Oʻzbekiston

Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi emlashning COVAX mexanizmi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaktsinasini yetkazib berilishi kutilmoqda.
Respublikada mart oyida COVID-19ga qarshi ommaviy emlashni boshlashni rejalashtirmoqda, 2021 yil oxiriga qadar 7 million kishi yoki aholining 20 foizini emlanishi mumkin. Jahon bozorida 15 million doza vaktsinaga buyurtma berilgan.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda AstraZeneca birinchi partiyasini kutishmoqda
SES maʼlumotlariga koʻra, Toshkent COVAX mexanizmi doirasida 12ta vaktsinasi ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan muzokaralar olib bormoqda. Xususan, Amerikaning Pfizer kompaniyasi va uning nemis sherigi BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming doza Comirnaty, shuningdek 2,5 million dozagacha AstraZeneca vaktsinasini sotib olish toʻgʻrisida gap ketmoqda.
Germaniya hukumati Toshkentga COVAX orqali vaktsinalar sotib olishda yordam bermoqda.
Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati AstraZeneca vaktsinasi atrofida yuz berayotgan voqealar fonida ushbu vaktsina boʻyicha rasmiy pozitsiyani bildirib oʻtgandi.
"...qanday vaktsina boʻlishidan qatʼiy nazar COVID-19 ga qarshi emlanish va kasallikdan himoyalanish imkoniyatining borligiga, kasallanib qolishdan ham ogʻir oqibatlarga mubtalo boʻlishdan saqlanib qolishning imkoniyati sifatida qaralishi kerak. Zero, biz kelajagi buyuk davlatni qurishga kirishgan ekanmiz, yuqumli kasalliklardan holi, epidemik barqaror hududda yashashga barchamiz haqlimiz", - deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala