Video

Atlantikadagi Rossiya floti AQShni qoʻrqitib yubordi: NATO blokada haqida oʻylamoqda

Rossiya harbiy dengiz flotining Atlantika okeanida faolligi AQSH va uning NATOdagi ittifoqchilarini qoʻrqitib yubordi. Gʻarbiy harbiy amaldorlarning fikriga koʻra, Rossiya HDF mintaqadagi xavfsizlikka tahdid solmoqda.
"AQSH qirgʻoqlarida tobora koʻproq paydo boʻlayotgan" Rossiya suvosti kemalari va kelgusi yilda Rossiya HDF qurollanadigan yangi "Tsirkon" gipertovushli raketasi ayniqsa Pentagonni tashvishga solmoqda.
AQSH harbiylari bu raketa bilan qurollangan suvosti kemalari AQSH aksariyat qismida quruqlikdagi nishonlarga zarba bera olishidan qoʻrqishmoqda. "Tsirkon" ular uchun mushkul vazifa boʻlib qoladi.
Buning uchun AQSH va NATO Rossiya harbiy kemalarining AQSH va uning ittifoqchilari qirgʻoqlariga yaqinlashishi oldini olish yoʻlini izlamoqdalar. AQSH va NATO harbiy amaldorlariga kelgan gʻoyalardan biri – blokada. Biroq, bu variant urush eʼlon qilish bilan barobardir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala