https://oz.sputniknews-uz.com/20210316/chorasizlik-eida-kimlar-sputnik-vga-qiziqish-bildirmoqda-17789295.html
“Chorasizlik”: YEIda kimlar “Sputnik V”ga qiziqish bildirmoqda
“Chorasizlik”: YEIda kimlar “Sputnik V”ga qiziqish bildirmoqda
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Avstriya, Chexiya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya yetakchilari YEI vaktsinalarni qanday taqsimlayotganidan gʻazablanishdi. Yevropada Rossiya yoki
2021-03-16T17:33+0500
2021-03-16T17:33+0500
2021-04-01T16:45+0500
covid-19 umumjahon pandemiyasi
kolumnistlar
sputnik v vaktsinasi
jsst
vaktsina
yevropa ittifoqi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/10/17784891_0:0:3293:1853_1920x0_80_0_0_a950ceef5897c13b5ce90e8836a07209.jpg
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Avstriya, Chexiya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya yetakchilari YEI vaktsinalarni qanday taqsimlayotganidan gʻazablanishdi. Yevropada Rossiya yoki Xitoy vaktsinalariga oʻtishga tayyorlar. Bryussel “Sputnik V” vaktsinasini xarid qilishga oid muzokaralarga hozirligi xabar qilindi. Nega Gʻarbda koronavirusga qarshi kurashish atrofida janjallar tinmayotganini RIA Novosti oʻrgandi.“Aybsiz aybdorni” izlash“YEIning ayrim mamlakatlariga vaktsinalar aholi soniga nomutanosib ravishda yetkazilmoqda. Buni yaqinda boʻladigan sammitda muhokama qilishga chaqiramiz”, - deyiladi Avstriya, Chexiya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya yetakchilari maktubida.Avstriya kantsleri Sebastyan Kurts Bryusselga Latviya va Bolgariyadagi vaziyatga eʼtibor qaratishni tavsiya qildi. Dori-darmon yetishmasligi u yerda koronavirusning yangi toʻlqiniga, oqibatda esa navbatdagi lokdaunga olib kelishi mumkin, deya ogohlantirdi siyosatchi.“Nima sababdan, masalan, Maltaga Bolgariyaga qaraganda koʻproq vaktsina tegdi? – deya savol bilan yuzlandi Kurts. – Sababini YEI kengashi boshqaruvchisining maxfiy shartnomalarida koʻramiz. Bu bekitiqcha bitimlarni surishtirish va emlashni bozorga aylantirmaslik kerak”.Sotsial-demokratik partiyadagi muxoliflar Kurtsning fikriga qoʻshilishmadi. “Kantsler Avstriyada emlash kampaniyasi muvaffaqiyatsizligi uchun aybsiz aybdorni qidirmoqda”, - deyishdi partiya vakillari.Angliya-Shvetsiyaning “AstraZeneca” va Amerikaning “Pfizer” vaktsinasi bilan emlashni Avstriya hukumati yil oxirida yoʻlga qoʻygandi. Biroq mart oyida muammolar yuzaga keldi. “AstraZeneca” kompaniyasi YEIning barcha mamlakatlarini taʼminlashga ulgurmayotganini maʼlum qildi. Qolaversa, emlanganlarda asoratlar tez-tez kuzatilmoqda (qon quyuqlashishi), Italiya va Daniyada hatto oʻlim holatlari qayd etildi.Avstriya, Daniya, Norvegiya, Bolgariya, Latviya, Litva, Estoniya vaktsinadan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi.Nojoʻya emlashKuni kecha Estoniyada 31 yoshli davlat xizmatchisi vafot etdi. Kecha Slovakiyada 38 yoli oʻrta maktab oʻqituvchisi hayotdan koʻz yumdi.Qurbonlar yaqinlari ingliz-shved kompaniyasi bilan sudlashmoqchi. Ammo fartsevtika kompaniyasi rahbariyati oldindan ayblovlarni rad etmoqda. “AstraZeneca” va qon quyuqlashishi paydo boʻlishi oʻrtasida aloqaning dalili yoʻq. Emlanishdan boʻyin tovlash uchun sabablar yoʻq”, - deya ishontirmoqda JSST vakili Margaret Xarris.Ustiga ustak “AstraZeneca”ga shubha bilan qarayotgan mamlakatlar roʻyxati kengaymoqda. Kecha Germaniya, Frantsiya va Italiya bu vaktsinadan foydalanishni toʻxtatdi. “Pfizer”ga keladigan boʻlsak, bu vaktsina tanqis. Tarqatish ishlari bilan Bryussel shugʻullanadi. Gap hozircha yuz ming aholi boshiga sakkiz doza haqida ketyapti. Taqqoslash uchun: AQShda – 24, Britaniyada – 32. Avstriya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya rahbarlari maktubda aynan shuni tanqid qilishgan. Turizm boshlanish arafasidaKurts alohida eʼtibor qaratgan Latviya va Bolgariyadagi emlash surʼatlari haqiqatdan sekinlashdi. Hozir u yerda oʻrtacha ikki ming kishini emlashmoqda. “Kamida butun mart oyida preparatning oʻta yetishmasligi kuzatiladi”, - deb ogohlantirdi Latviya emlash byurosi rahbari Eva Yuxnevicha.Aprel oʻrtasiga qadar Riga 164 ming doza olishga umid qilmoqda. Shundan yarmi “AstraZeneca”, lekin hozir bu soʻroq ostida. Ishlab chiqaruvchi vaktsinaning xavfsizligini isbotlamasa, undan voz kechishga toʻgʻri keladi. Hukumat “Pfizer”ga qoʻshimcha partiya uchun hozircha pul toʻlay olmaydi. “Omborlarda vaktsina yoʻq: hammasi tibbiyot muassasalari va oilaviy shifokorlarga joʻnatilgan”, - deya tushuntirdi Yuxnevicha.Bolgariya sayyohlik mavsumiga hozirlik koʻrmoqda: birinchi may kuni xalqaro aviaqatnov ochiladi. Mamlakatga koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqanlar yoki emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga egalar kiritiladi. Lekin mahalliy aholini emlash bilan hammasi koʻngildagidek emas.Fevralda “AstraZeneca”ning yirik partiyasi keltirildi. Qatʼiy karantindan charchagan odamlar emlana boshladi. YEIdagi qoʻshnilar i kabi hukumat vaktsina hatto tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar va pensionerlarga yetishmasligidan shikoyat qildi. Endi esa jarayon umuman toʻxtab qoldi.“Men Yevropa dori vositalari agentligi “AstraZeneca” vaktsinasi xavfsizligi haqidagi shubhalarni inkon etmaganiga qadar u bilan emlashni toʻxtatishni buyurdim”, - dedi bosh vazir Boyko Borisov.Sir va hiyla-nayrangEIning ayrim mamlakatlaridagi norozilikni ayrimlari yetkazib berish tiklanishini kutayotgani, boshqalari esa ortiqchasini qayerga qoʻyishni bilmayotgani ham kuchaytirmoqda. Germaniyada, masalan, omborlarda bir millionga yaqin keraksiz doza yigʻilib qolgan.Buyuk Britaniyada esa 21 million aholi emlanib boʻldi. U yerga YEI mamlakatlarildan farqli oʻlaroq vaktsinalar uzluksiz yetkazib berildi.Italiya hukumati ochiqchasiga Londonni emlashni buzishda ayblab, sudlash bilan tahdid qildi. Vaktsina ishlab chiqaruvchilari oʻzlarini oqlashdi: “Qiyinchilik asosiy komponentni tayyorlash bilan bogʻliq”. Biroq bu hech kimni tinchlantirmadi. “Maxfiy shartnomalar” haqida gapirayotib, Kurts Britaniyaga tezlashtirilgan tartibda yetkazib berilganlikni ham nazarda tutgan edi.Saudiya Arabistoni, BAA va Qatarda emlash Yevropa bilan bir vaqtda boshlangani ham yevropaliklarning gʻazabi va shubhasini keltirib chiqarmoqda. Aftidan, kim koʻproq toʻlagan boʻlsa, oʻsha birinchi boʻlib vaktsina oladi.Vaktsinalar urushiYEIda Rossiya va Xitoy vaktsinalarini koʻz ostiga olib qoʻyishmoqda. Frantsiya “Sputnik V”dan foydalanmoqda, agar tibbiyot hamjamiyati uning samaradorligini tasdiqlasa.Germaniya vaktsina va biotibbiy dori vositalarini ishlab chiqarish instituti ham qiziqish bildirdi. Shartlar hamon oʻsha – YEI mezonlariga mos kelish. “Sputnik V”ni xarid qilish rejalarini Avstriya maʼlum qildi. “Bu masalada geosiyosat haqida gap boʻlishi mumkin emas”, - deya taʼkidladi Kurts.“Reuters” YEI “Sputnik V” borasida Moskva bilan muzokaralarga tayyorlanayotganini aytmoqda. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bunga hech qanday izoh bermadi. Lekin jurnalistlar “Sputnik V”ni ishlab chiqarishni Italiya va Germaniyada tashkil etishlari mumkinligini aniqlashdi.Yana bir versiya: Bryussel yetkazib berishni nazoratga olish uchun Rossiya vaktsinasi haqidagi fikrini oʻzgartirgan. Vengriya, Slovakiya, Chexiya bu haqda Moskva bilan toʻgʻridan-toʻgʻri kelishib oldi. Ular boshlariga yogʻilgan ayblovlarga qarama-qarshi daʼvo bilan javob berishmoqda: “Pfizer”ni juda uzoq kutish kerak.Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini oʻrganish Yevropa markazi mutaxassisi Pal Dunay RIA Novosti bilan suhbatda tushuntirdi: “Gap “Sputnik V”ning nodirligida emas, balki YEIning koʻplab mamlakatlari uchun chorasizlik vaziyatda”.“Yevropa Xitoy vaktsinasiga ham qiziqish bildirmoqda axir. Xususan, Vengriya YEIda birinchi boʻlib “Sinopharm”ni oldi. Muqobillar hozir “AstraZeneca”ning yuzaga kelgan yetkazib berish va muammolaridan saqlaydi”, - deydi venger siyosatshunosi.Xalqaro munosabat boʻyicha britaniyalik mutaxassis Masha Metyuz “vaktsinalar urushi” pandemiya oxiriga qadar davom etishi mumkin deb hisoblaydi. “Buyuk Britaniya, Italiya, Frantsiyada odamlar uyda oʻtirib charchashdi va hukumatni tanqid qilmoqda. Ular koronavirusdan xalos boʻlish va siyosiy ochkolarni qoʻlga kirish maqsadida moʻʼjiza-usulni topishga urinishmoqda. Vaktsinalar qanchalik koʻp boʻlsa, hukumatni ushlab turish imkoniyati shunchalik koʻp”, - deya aniqlik kiritadi u.Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, barcha emlanmagunga qadar Yevropa uchun “oʻzing uchun oʻl yetim” tamoyili dolzarbligicha qoladi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210315/sputnik-17759914.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210316/astrazeneca-17780345.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210313/ei-davlatlari-astrazeneca-bilan-emlashni-tkhtatdi-zbekiston-anday-yl-tutadi-17729012.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210309/Turizm-uchun-tli-ochilgan-mamlakatlar-rykhati-16154264.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210310/koronavirus-va-rossiya-bilan-kurashda-ei-laycha-rolini-oynamoqda-17658400.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Ibragimova Galiya
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/953/78/9537815_0:0:398:397_100x100_80_0_0_f4026be4c0e956c4d271f860e37c5608.jpg
Ibragimova Galiya
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/953/78/9537815_0:0:398:397_100x100_80_0_0_f4026be4c0e956c4d271f860e37c5608.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/10/17784891_252:0:2983:2048_1920x0_80_0_0_0abd9e598da8821358a3077b0a3829fe.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Ibragimova Galiya
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/953/78/9537815_0:0:398:397_100x100_80_0_0_f4026be4c0e956c4d271f860e37c5608.jpg
covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaktsinasi, jsst, vaktsina, yevropa ittifoqi
“Chorasizlik”: YEIda kimlar “Sputnik V”ga qiziqish bildirmoqda
17:33 16.03.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) Nega Gʻarbda koronavirusga qarshi kurashish atrofida janjallar tinmayapti?
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Avstriya, Chexiya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya yetakchilari YEI vaktsinalarni qanday taqsimlayotganidan gʻazablanishdi. Yevropada Rossiya yoki Xitoy vaktsinalariga oʻtishga tayyorlar. Bryussel “Sputnik V” vaktsinasini xarid qilishga oid muzokaralarga hozirligi xabar qilindi. Nega Gʻarbda koronavirusga qarshi kurashish atrofida janjallar tinmayotganini RIA Novosti oʻrgandi.
“Aybsiz aybdorni” izlash
“YEIning ayrim mamlakatlariga vaktsinalar aholi soniga nomutanosib ravishda yetkazilmoqda. Buni yaqinda boʻladigan sammitda muhokama qilishga chaqiramiz”, - deyiladi Avstriya, Chexiya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya yetakchilari maktubida.
Avstriya kantsleri Sebastyan Kurts Bryusselga Latviya va Bolgariyadagi vaziyatga eʼtibor qaratishni tavsiya qildi. Dori-darmon yetishmasligi u yerda koronavirusning yangi toʻlqiniga, oqibatda esa navbatdagi lokdaunga olib kelishi mumkin, deya ogohlantirdi siyosatchi.
“Nima sababdan, masalan, Maltaga Bolgariyaga qaraganda koʻproq vaktsina tegdi? – deya savol bilan yuzlandi Kurts. – Sababini YEI kengashi boshqaruvchisining maxfiy shartnomalarida koʻramiz. Bu bekitiqcha bitimlarni surishtirish va emlashni bozorga aylantirmaslik kerak”.
Sotsial-demokratik partiyadagi muxoliflar Kurtsning fikriga qoʻshilishmadi. “Kantsler Avstriyada emlash kampaniyasi muvaffaqiyatsizligi uchun aybsiz aybdorni qidirmoqda”, - deyishdi partiya vakillari.
Angliya-Shvetsiyaning “AstraZeneca” va Amerikaning “Pfizer” vaktsinasi bilan emlashni Avstriya hukumati yil oxirida yoʻlga qoʻygandi. Biroq mart oyida muammolar yuzaga keldi. “AstraZeneca” kompaniyasi YEIning barcha mamlakatlarini taʼminlashga ulgurmayotganini maʼlum qildi. Qolaversa, emlanganlarda asoratlar tez-tez kuzatilmoqda (qon quyuqlashishi), Italiya va Daniyada hatto oʻlim holatlari qayd etildi.
Avstriya, Daniya, Norvegiya, Bolgariya, Latviya, Litva, Estoniya vaktsinadan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi.
Nojoʻya emlash
Kuni kecha Estoniyada 31 yoshli davlat xizmatchisi vafot etdi. Kecha Slovakiyada 38 yoli oʻrta maktab oʻqituvchisi hayotdan koʻz yumdi.
Qurbonlar yaqinlari ingliz-shved kompaniyasi bilan sudlashmoqchi. Ammo fartsevtika kompaniyasi rahbariyati oldindan ayblovlarni rad etmoqda.
“AstraZeneca” va qon quyuqlashishi paydo boʻlishi oʻrtasida aloqaning dalili yoʻq. Emlanishdan boʻyin tovlash uchun sabablar yoʻq”, - deya ishontirmoqda JSST vakili Margaret Xarris.
Ustiga ustak “AstraZeneca”ga shubha bilan qarayotgan mamlakatlar roʻyxati kengaymoqda. Kecha Germaniya, Frantsiya va Italiya bu vaktsinadan foydalanishni toʻxtatdi.
“Pfizer”ga keladigan boʻlsak, bu vaktsina tanqis. Tarqatish ishlari bilan Bryussel shugʻullanadi. Gap hozircha yuz ming aholi boshiga sakkiz doza haqida ketyapti. Taqqoslash uchun: AQShda – 24, Britaniyada – 32. Avstriya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya rahbarlari maktubda aynan shuni tanqid qilishgan.
Turizm boshlanish arafasida
Kurts alohida eʼtibor qaratgan Latviya va Bolgariyadagi emlash surʼatlari haqiqatdan sekinlashdi. Hozir u yerda oʻrtacha ikki ming kishini emlashmoqda.
“Kamida butun mart oyida preparatning oʻta yetishmasligi kuzatiladi”, - deb ogohlantirdi Latviya emlash byurosi rahbari Eva Yuxnevicha.
Aprel oʻrtasiga qadar Riga 164 ming doza olishga umid qilmoqda. Shundan yarmi “AstraZeneca”, lekin hozir bu soʻroq ostida. Ishlab chiqaruvchi vaktsinaning xavfsizligini isbotlamasa, undan voz kechishga toʻgʻri keladi. Hukumat “Pfizer”ga qoʻshimcha partiya uchun hozircha pul toʻlay olmaydi.
“Omborlarda vaktsina yoʻq: hammasi tibbiyot muassasalari va oilaviy shifokorlarga joʻnatilgan”, - deya tushuntirdi Yuxnevicha.
Bolgariya sayyohlik mavsumiga hozirlik koʻrmoqda: birinchi may kuni xalqaro aviaqatnov ochiladi. Mamlakatga koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqanlar yoki emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga egalar kiritiladi. Lekin mahalliy aholini emlash bilan hammasi koʻngildagidek emas.
Fevralda “AstraZeneca”ning yirik partiyasi keltirildi. Qatʼiy karantindan charchagan odamlar emlana boshladi. YEIdagi qoʻshnilar i kabi hukumat vaktsina hatto tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar va pensionerlarga yetishmasligidan shikoyat qildi. Endi esa jarayon umuman toʻxtab qoldi.
“Men Yevropa dori vositalari agentligi “AstraZeneca” vaktsinasi xavfsizligi haqidagi shubhalarni inkon etmaganiga qadar u bilan emlashni toʻxtatishni buyurdim”, - dedi bosh vazir Boyko Borisov.
Sir va hiyla-nayrang
YEIning ayrim mamlakatlaridagi norozilikni ayrimlari yetkazib berish tiklanishini kutayotgani, boshqalari esa ortiqchasini qayerga qoʻyishni bilmayotgani ham kuchaytirmoqda. Germaniyada, masalan, omborlarda bir millionga yaqin keraksiz doza yigʻilib qolgan.
Buyuk Britaniyada esa 21 million aholi emlanib boʻldi. U yerga YEI mamlakatlarildan farqli oʻlaroq vaktsinalar uzluksiz yetkazib berildi.
Italiya hukumati ochiqchasiga Londonni emlashni buzishda ayblab, sudlash bilan tahdid qildi. Vaktsina ishlab chiqaruvchilari oʻzlarini oqlashdi: “Qiyinchilik asosiy komponentni tayyorlash bilan bogʻliq”. Biroq bu hech kimni tinchlantirmadi. “Maxfiy shartnomalar” haqida gapirayotib, Kurts Britaniyaga tezlashtirilgan tartibda yetkazib berilganlikni ham nazarda tutgan edi.
Saudiya Arabistoni, BAA va Qatarda emlash Yevropa bilan bir vaqtda boshlangani ham yevropaliklarning gʻazabi va shubhasini keltirib chiqarmoqda. Aftidan, kim koʻproq toʻlagan boʻlsa, oʻsha birinchi boʻlib vaktsina oladi.
Vaktsinalar urushi
YEIda Rossiya va Xitoy vaktsinalarini koʻz ostiga olib qoʻyishmoqda. Frantsiya “Sputnik V”dan foydalanmoqda, agar tibbiyot hamjamiyati uning samaradorligini tasdiqlasa.
Germaniya vaktsina va biotibbiy dori vositalarini ishlab chiqarish instituti ham qiziqish bildirdi. Shartlar hamon oʻsha – YEI mezonlariga mos kelish. “Sputnik V”ni xarid qilish rejalarini Avstriya maʼlum qildi. “Bu masalada geosiyosat haqida gap boʻlishi mumkin emas”, - deya taʼkidladi Kurts.
“Reuters” YEI “Sputnik V” borasida Moskva bilan muzokaralarga tayyorlanayotganini aytmoqda. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bunga hech qanday izoh bermadi. Lekin jurnalistlar “Sputnik V”ni ishlab chiqarishni Italiya va Germaniyada tashkil etishlari mumkinligini aniqlashdi.
Yana bir versiya: Bryussel yetkazib berishni nazoratga olish uchun Rossiya vaktsinasi haqidagi fikrini oʻzgartirgan. Vengriya, Slovakiya, Chexiya bu haqda Moskva bilan toʻgʻridan-toʻgʻri kelishib oldi. Ular boshlariga yogʻilgan ayblovlarga qarama-qarshi daʼvo bilan javob berishmoqda: “Pfizer”ni juda uzoq kutish kerak.
Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini oʻrganish Yevropa markazi mutaxassisi Pal Dunay RIA Novosti bilan suhbatda tushuntirdi: “Gap “Sputnik V”ning nodirligida emas, balki YEIning koʻplab mamlakatlari uchun chorasizlik vaziyatda”.
“Yevropa Xitoy vaktsinasiga ham qiziqish bildirmoqda axir. Xususan, Vengriya YEIda birinchi boʻlib “Sinopharm”ni oldi. Muqobillar hozir “AstraZeneca”ning yuzaga kelgan yetkazib berish va muammolaridan saqlaydi”, - deydi venger siyosatshunosi.
Xalqaro munosabat boʻyicha britaniyalik mutaxassis Masha Metyuz “vaktsinalar urushi” pandemiya oxiriga qadar davom etishi mumkin deb hisoblaydi. “Buyuk Britaniya, Italiya, Frantsiyada odamlar uyda oʻtirib charchashdi va hukumatni tanqid qilmoqda. Ular koronavirusdan xalos boʻlish va siyosiy ochkolarni qoʻlga kirish maqsadida moʻʼjiza-usulni topishga urinishmoqda. Vaktsinalar qanchalik koʻp boʻlsa, hukumatni ushlab turish imkoniyati shunchalik koʻp”, - deya aniqlik kiritadi u.
Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, barcha emlanmagunga qadar Yevropa uchun “oʻzing uchun oʻl yetim” tamoyili dolzarbligicha qoladi.