Sport

Hakamlar haqida keskin gapirgan “Turon” bosh murabbiyiga chora koʻrildi

© Press-slujba FK “Turon”Glavnыy trener futbolnoy komandы "Turona" Islom Ismoilov
Glavnыy trener futbolnoy komandы Turona Islom Ismoilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
“Turon” klubi bosh murabbiy 2 ta oʻyinga chetlatildi, prezidenti esa jarimaga tortildi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. “Turon” klubi murabbiyi Islom Ismoilov “Soʻgʻdiyona” klubiga qarshi bahsdan keyin intervyu berish vaqtida odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun 2 ta oʻyinga chetlashtirildi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasi shunday qaror qabul qildi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, klub prezidenti Abduvahob Ahmadaliyev mazkur bahsdan keyingi flesh-intervyu chogʻida oʻz fikrlarini qoʻpol tarzda bildirgani uchun jarimaga tortilgan.
Vo vremya matcha 25-go tura Chempionata Rossii po futbolu sredi klubov Premyer-ligi mejdu FK Zenit (Sankt-Peterburg) i FK Tom (Tomsk). - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Sport
Sport vazirligi “Soʻgʻdiyona” - “Turon” uchrashuviga munosabat bildirdi
Bundan tashqari, qoʻmita yigʻilishida Oʻzbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi “Mashʼal” futbolchisi Muhammad Yuldashev oʻyinda oyoq kiyimining tag qismi bilan raqib jamoasi “Bunyodkor” futbolchisining koʻkrak qismiga tepgani uchun 2 ta oʻyinga chetlashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Soʻgʻdiyona”dan magʻlub boʻlgandan keyin (1:0) Islom Ismoilov hakamlar ishini qattiq tanqid qilgan edi. “Turon” prezidenti Abduvahob Ahmadaliyev ham achchiq-achchiq gaplarni gapirgandi.
OʻFA Soʻgʻdiyona” – “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinov xatti-harakatlarini oʻrganib chiqib, uni nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala