Kolumnistlar

Inson qoʻlsiz yashashi mumkin, maqsadsiz esa – yoʻq – rassom Lutfullo Qodirov haqida ocherk

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaLutfullo Qodirov, xudojnik iz Kokanda
Lutfullo Qodirov, xudojnik iz Kokanda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Toʻrt muchasi sogʻ insonlar ham hayotning achchiq sinovlari oldida dovdirab qolayotgan bir paytda bu holatda yashash, oʻz oʻrnini topib ketish oʻn chandon ogʻir. Biroq, hayotning adolati shundaki, u qanchalar qaysar va beshafqat boʻlmasin, sening irodangga baribir boʻysunadi...
– Gapga ustamasman, ijodkorman, shuning uchunmi, his tuygʻularim, aytmoqchi boʻlganlarim koʻproq suratlarimda aks etadi, – deydi 30 yoshni qarshi olgan Lutfullo va epchillik bilan oyoqlarining barmoqlari orasiga qora qalamni olib, rasm chizishga kirishib ketadi.
U bizga tuyalar suratini chizib bermoqchi...
Lutfullo ota-onasining toʻngʻich farzandi, singlisi va ukasi bor. Uylanmagan. Endi oila qurmoqchi, boʻlajak turmush oʻrtogʻining esa sabrli boʻlishini istaydi.
Undan biror nimani soʻrashgayam iymanasan kishi. Hayotda yashashga irodani qaydan olishi bilging keladi. Hadeb, holatiga eʼtibor qarataversang, urgʻu beraversang, xafa boʻlib qolmasmikin, degan havotirga borasan. Uning oʻzi buni tushunadi, chamasi, nigohlaringdan anglab olgan savollaringga javob beraveradi:
– Menga hayotga qiziqishni, nima boʻlishidan qatʼiy nazar maqsad sari intilish uchun irodani ota-onam bergan, - deydi u suratni chizishda davom etib. – Bilaman, ulargayam ogʻir boʻlgandir, lekin hech qachon meni nogiron sifatida qabul qilishmagan. Ayniqsa onamning mehri va ishonchi kuchli dalda boʻlgan. Yoshim yetib, maktabga borish vaqti kelganda, “bolangizni imkoniyati cheklanganlar maktabiga bering, bizga toʻgʻri kelmaydi”, deyishgan. Onam esa “yoʻq, mening bolam hamma qatori oddiy maktabda oʻqiydi”, deb turib olgan. Bu mengayam kuch bagʻishlagan. Men ham hamma qatori ekanimni, birovdan kamim yoʻqligini his etganman. Keyinchalik, rassomlik kasbini tanlash va bu yoʻldagi harakatlarimga bu katta turtki bergan.
Rabota spetsializirovannoy shkolы dlya slepыx i slabovidyaщix detey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2020
Jamiyat
"Atrof-muhit bizni nogiron qilib qoʻyyapti" - koʻzi ojizlar jamiyati vakili
Lutfulloning onasi farzandiga ishonar, bir kun kelib u ham jamiyat uchun foydasi tegadigan fuqarolaridan biriga aylanishini bilar edi. Shundan doim: “oldinga intil, hech narsaga qarama, oʻzingga ishon!” deb qoʻllab-quvvatlardi.
Lutfulloning tan olishicha, u oddiy, toʻgʻrirogʻi toʻrt muchasi sogʻ bolalar orasida oʻqib-ulgʻaygani uchun ham bugungi darajaga yetib keldi. Ularning orasida oʻzini hech qachon nogiron, deb his qilmagan.
– Toʻgʻri, avvaliga juda qiyin boʻldi. Bolalarning qiziquvchan nigohlaridan qiynaldim. Oyoq bilan ruchka ushlash ham ogʻir edi. Ammo oʻrgandim. Chunki menda oʻzimning barcha kabi oddiy inson ekanimni isbotlash istagi kuchli edi. Bora-bora oʻquvchilar bilan ham doʻstlashib ketdim.
Yozishni oʻrgangach, ota-onasi oʻn yashar Lutfulloni Qoʻqon shahridagi “Iqtidor” nomli toʻgarakka yetaklab borishdi.
V Samarkande maloimuщim semyam podarili doma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2017
Jamiyat
Prezident sovgʻasi - Samarqandda imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy-joylar berildi
– Oʻshanda chizilgan suratlarga boqib, sehrli olamga tushib qolganday boʻlgnaman. Oʻzim bexabar, ich-ichimdan musavvir boʻlgan ekanman. Axir chizishni bilmasimdan burun ham olamni, tuygʻularni tasvirlashni, ularni qaygadir, nimagadir muhrlab qoʻyishni orzu qilganman.
Ustoz Tursunali Ahmadaliyev yeng shimarib bu oʻzgacha bolaga kasb sirlarini oʻrgatishga kirishdi. Ustoz sabrli edi, Lutfullodagi iqtidorni tez ilgʻab oldi. Qunt bilan oʻqitdi, oʻrgatdi.
Lutfullo maktabni bitirgach, sanʼat kollejiga oʻqishga kirdi. U yerda bilimi va koʻnikmalarini takomillashtirdi. Undan keyin esa Qoʻqon davlat pedagogika institutining “Tasviriy sanʼat va amaliy grafika” boʻlimiga oʻqishga kirdi.
2019 yilda institutni tamomladi. Hozirda Ixtisoslashgan sanʼat maktabida badiiy rahbar lavozimida ishlab kelyapti.
Rioda Paralimpiada oʻyinlari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2016
Infografika
Tana va ruh kuchi: Rioda 31 medalga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston paralimpiadachilari
Qahramonimiz bokschilar safida Tokioda boʻlib oʻtadigan olimpiadada ham mehmon sifatida ishtirok etadi.
– Bundan uch oy oldin Boks federatsiyasi “Eng yaxshi surat” yoʻnalishi boʻyicha tanlov eʼlon qilgan edi. Bokschilar va murabbiylar suratlarini chizib yuborgandim, gʻolib deb topishdi. Endi terma jamoa bilan Tokio olimpiadasiga birga boraman, – deydi u faxr bilan.
Bundan besh yil oldin oʻzi chizgan suratlar bilan respublika miqyosida koʻrgazmada qatnashdi. Hozirgacha Qoʻqon, Fargʻona va Toshkent shaharlarida shaxsiy koʻrgazmalarini oʻtkazdi. Qoʻlsiz rassom Lutfullo tomonidan chizilgan va Oʻzbekistonning xushmanzara joylari aks etgan suratlar Yaponiya, Frantsiya singari davlatlarda ham saqlanadi.
Moskvalik rassom Irina Dolgix - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2016
Madaniyat
Buxoroliklar moskvalik rassom qizning yangi loyihasi qahramoniga aylandi
Lutfulloning aytishicha, unda “toʻrt mucham sogʻ boʻlganida hammasi boshqacha kechardi”, degan afsus hech qachon boʻlmagan.
– Bunday holatga tushmaganman. Oʻzimga borimcha yoqaman. Aksincha, baʼzida hatto qoʻlim borday tuyuladi menga...
Albattada, qoʻl bu imkoniyat degani... Lekin kuchli istak imkoniyatlarni oʻn chandosh oshirib yuboradi.
Kelajakdagi orzui chet ellarda oʻz koʻrgazmalari bilan ishtirok etish va Oʻzbekistonni goʻzal manzaralarini butun dunyoga tanitish.
Lutfullo allaqachon tushunib yetgan: inson qoʻlsiz yashashi mumkin, maqsadsiz esa yoʻq!
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala