Inson qo‘lsiz yashashi mumkin, maqsadsiz esa – yo‘q – rassom Lutfullo Qodirov haqida ocherk

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaLutfullo Qodirov, xudojnik iz Kokanda
Lutfullo Qodirov, xudojnik iz Kokanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Obuna bo‘lish
To‘rt muchasi sog‘ insonlar ham hayotning achchiq sinovlari oldida dovdirab qolayotgan bir paytda bu holatda yashash, o‘z o‘rnini topib ketish o‘n chandon og‘ir. Biroq, hayotning adolati shundaki, u qanchalar qaysar va beshafqat bo‘lmasin, sening irodangga baribir bo‘ysunadi...
– Gapga ustamasman, ijodkorman, shuning uchunmi, his tuyg‘ularim, aytmoqchi bo‘lganlarim ko‘proq suratlarimda aks etadi, – deydi 30 yoshni qarshi olgan Lutfullo va epchillik bilan oyoqlarining barmoqlari orasiga qora qalamni olib, rasm chizishga kirishib ketadi.
U bizga tuyalar suratini chizib bermoqchi...
Lutfullo ota-onasining to‘ng‘ich farzandi, singlisi va ukasi bor. Uylanmagan. Endi oila qurmoqchi, bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining esa sabrli bo‘lishini istaydi.
Undan biror nimani so‘rashgayam iymanasan kishi. Hayotda yashashga irodani qaydan olishi bilging keladi. Hadeb, holatiga e’tibor qarataversang, urg‘u beraversang, xafa bo‘lib qolmasmikin, degan havotirga borasan. Uning o‘zi buni tushunadi, chamasi, nigohlaringdan anglab olgan savollaringga javob beraveradi:
– Menga hayotga qiziqishni, nima bo‘lishidan qat’iy nazar maqsad sari intilish uchun irodani ota-onam bergan, - deydi u suratni chizishda davom etib. – Bilaman, ulargayam og‘ir bo‘lgandir, lekin hech qachon meni nogiron sifatida qabul qilishmagan. Ayniqsa onamning mehri va ishonchi kuchli dalda bo‘lgan. Yoshim yetib, maktabga borish vaqti kelganda, “bolangizni imkoniyati cheklanganlar maktabiga bering, bizga to‘g‘ri kelmaydi”, deyishgan. Onam esa “yo‘q, mening bolam hamma qatori oddiy maktabda o‘qiydi”, deb turib olgan. Bu mengayam kuch bag‘ishlagan. Men ham hamma qatori ekanimni, birovdan kamim yo‘qligini his etganman. Keyinchalik, rassomlik kasbini tanlash va bu yo‘ldagi harakatlarimga bu katta turtki bergan.
Rabota spetsializirovannoy shkoli dlya slepix i slabovidashix detey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2020
"Atrof-muhit bizni nogiron qilib qo‘yapti" - ko‘zi ojizlar jamiyati vakili
Lutfulloning onasi farzandiga ishonar, bir kun kelib u ham jamiyat uchun foydasi tegadigan fuqarolaridan biriga aylanishini bilar edi. Shundan doim: “oldinga intil, hech narsaga qarama, o‘zingga ishon!” deb qo‘llab-quvvatlardi.
Lutfulloning tan olishicha, u oddiy, to‘g‘rirog‘i to‘rt muchasi sog‘ bolalar orasida o‘qib-ulg‘aygani uchun ham bugungi darajaga yetib keldi. Ularning orasida o‘zini hech qachon nogiron, deb his qilmagan.
– To‘g‘ri, avvaliga juda qiyin bo‘ldi. Bolalarning qiziquvchan nigohlaridan qiynaldim. Oyoq bilan ruchka ushlash ham og‘ir edi. Ammo o‘rgandim. Chunki menda o‘zimning barcha kabi oddiy inson ekanimni isbotlash istagi kuchli edi. Bora-bora o‘quvchilar bilan ham do‘stlashib ketdim.
Yozishni o‘rgangach, ota-onasi o‘n yashar Lutfulloni Qo‘qon shahridagi “Iqtidor” nomli to‘garakka yetaklab borishdi.
V Samarkande maloimushim semyam podarili doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2017
Prezident sovg‘asi - Samarqandda imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy-joylar berildi
– O‘shanda chizilgan suratlarga boqib, sehrli olamga tushib qolganday bo‘lgnaman. O‘zim bexabar, ich-ichimdan musavvir bo‘lgan ekanman. Axir chizishni bilmasimdan burun ham olamni, tuyg‘ularni tasvirlashni, ularni qaygadir, nimagadir muhrlab qo‘yishni orzu qilganman.
Ustoz Tursunali Ahmadaliyev yeng shimarib bu o‘zgacha bolaga kasb sirlarini o‘rgatishga kirishdi. Ustoz sabrli edi, Lutfullodagi iqtidorni tez ilg‘ab oldi. Qunt bilan o‘qitdi, o‘rgatdi.
Lutfullo maktabni bitirgach, san’at kollejiga o‘qishga kirdi. U yerda bilimi va ko‘nikmalarini takomillashtirdi. Undan keyin esa Qo‘qon davlat pedagogika institutining “Tasviriy san’at va amaliy grafika” bo‘limiga o‘qishga kirdi.
2019 yilda institutni tamomladi. Hozirda Ixtisoslashgan san’at maktabida badiiy rahbar lavozimida ishlab kelyapti.
Rioda Paralimpiada o‘yinlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2016
Tana va ruh kuchi: Rioda 31 medalga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston paralimpiadachilari
Qahramonimiz bokschilar safida Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiadada ham mehmon sifatida ishtirok etadi.
– Bundan uch oy oldin Boks federatsiyasi “Eng yaxshi surat” yo‘nalishi bo‘yicha tanlov e’lon qilgan edi. Bokschilar va murabbiylar suratlarini chizib yuborgandim, g‘olib deb topishdi. Endi terma jamoa bilan Tokio olimpiadasiga birga boraman, – deydi u faxr bilan.
Bundan besh yil oldin o‘zi chizgan suratlar bilan respublika miqyosida ko‘rgazmada qatnashdi. Hozirgacha Qo‘qon, Farg‘ona va Toshkent shaharlarida shaxsiy ko‘rgazmalarini o‘tkazdi. Qo‘lsiz rassom Lutfullo tomonidan chizilgan va O‘zbekistonning xushmanzara joylari aks etgan suratlar Yaponiya, Fransiya singari davlatlarda ham saqlanadi.
Moskvalik rassom Irina Dolgix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2016
Buxoroliklar moskvalik rassom qizning yangi loyihasi qahramoniga aylandi
Lutfulloning aytishicha, unda “to‘rt mucham sog‘ bo‘lganida hammasi boshqacha kechardi”, degan afsus hech qachon bo‘lmagan.
– Bunday holatga tushmaganman. O‘zimga borimcha yoqaman. Aksincha, ba’zida hatto qo‘lim borday tuyuladi menga...
Albattada, qo‘l bu imkoniyat degani... Lekin kuchli istak imkoniyatlarni o‘n chandosh oshirib yuboradi.
Kelajakdagi orzui chet ellarda o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etish va O‘zbekistonni go‘zal manzaralarini butun dunyoga tanitish.
Lutfullo allaqachon tushunib yetgan: inson qo‘lsiz yashashi mumkin, maqsadsiz esa yo‘q!
Yangiliklar lentasi
0