Jamiyat

Lotin yozuviga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi tayyorlandi

© Sputnik / Bolat ShayxinovProyekt yedinogo standarta kazaxskogo alfavita na latinskoy grafike
Proyekt yedinogo standarta kazaxskogo alfavita na latinskoy grafike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
“Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi tayyorlandi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorladi.

Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat oʻzbek alifbosi joriy etiladi.

Hujjatga koʻra, qonundan koʻzlangan maqsad mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek alifbosidan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga toʻliq oʻtishni taʼminlash, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi hamda jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlash va davlat tilining amaliyotga keng joriy etilishini taʼminlashga qaratilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV uzbekskiy alfavit vnesut izmeneniya
V uzbekskiy alfavit vnesut izmeneniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
V uzbekskiy alfavit vnesut izmeneniya
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi 931-XII-sonli Qonunining 1-moddasiga oʻzgartirish kiritish koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, 10 fevralda hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlangandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala