Hodisalar

Navoiylik yosh qiz qarz evaziga Turkiyada sotib yuborildi

© Unsplash / Dev Asangbam Devushka zakrыvayet litso rukami
Devushka zakrыvayet litso rukami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
23 yoshli qizni Turkiyada qarzi evaziga sotib yuborgan ayol ustidan jinoiy ish ochildi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi ayol navoiylik yosh qizni Turkiyada sotib yubordi.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, 52 yoshli ayol Q.M 23 yoshli qiz M.Gʻ.ni dastlab Toshkent shahrida joylashgan savdo doʻkonlarida ish vaʼda qilib, aldab olib ketgan. Biroq buning oʻrniga oʻtgan yilning oktyabrida Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga olib chiqib ketgan. Keyin qarzi evaziga qizni Turkiyada yashovchi fuqarolarga sotib yuborgan.
Devushki legkogo povedeniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Hodisalar
Qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga joʻnatgan ayol qoʻlga tushdi
Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “z” bandi (Jabrlanuvchini Oʻzbekiston davlat chegarasidan olib oʻtgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala