Iqtisod

Oʻzbek-qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasi - Qirgʻiziston hukumati tafsilotlarni oshkor qildi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы: dollarы SSHA
Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Jamgʻarma bosh qarorgohi Bishkek shahrida joylashgan boʻladi, ustav kapitali 50 million dollarni tashkil qiladi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Qirgʻiziston hukumati Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasi tuzilishining ayrim tafsilotlarini oshkor qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.
Vazirlar mahkamasi matbuot xizmati bu fond toʻgʻrisidagi bitim oʻtgan hafta Sadir Japarovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi chogʻida imzolanganini maʼlum qildi.
Jamgʻarma iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Vazifalar, funktsiyalar, tuzilishi va ishlash tartibi, boshqaruv organlarining vakolatlari nizomda belgilanadi. Jamgʻarmaning bosh qarorgohi Bishkek shahrida joylashgan boʻladi.
Otkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Siyosat
Qirgʻizistonda Soʻx anklaviga oʻtish tartibi tushuntirildi
Jamgʻarma ikki davlat iqtisodiyotlarining ustuvor sohalaridagi oʻzini oʻzi qoplaydigan loyihalarga kreditlar berish, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni moliyalashtirish rejalashtirilgan.
Jamgʻarma quyidagi sohalarda investitsiya berish koʻzda tutilgan:
agrosanoat kompleksi;
tikuvchilik va toʻqimachilik sanoati;
ishlab chiqarish sanoati;
kon-metallurgiya sanoati;
transport;
uy-joy qurilishi;
savdo;
tadbirkorlikni rivojlantirish;
energetika kompleksi;
infratuzilmani rivojlantirish;
turizmni rivojlantirish.
Jamgʻarmaning ustav kapitali 50 million dollarni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya-Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi Qirgʻizistonda 2014 yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala