Iqtisod

Oʻzbekiston-YEOII hamkorlik yoʻl xaritasi tasdiqlandi

© Sputnik / Pavel LisitsыnFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Oʻzbekiston parlamenti YEOII bilan hamkorlik qilish yoʻl xaritasini tasdiqladi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzbekiston parlamenti YEOII bilan hamkorlik qilish yoʻl xaritasini tasdiqladi. Bu haqda respublika investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov YEIK iqtisodiy savdo kengashi aʼzosi (vazir) Andrey Slepnev bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
2020 yil dekabridan boshlab Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomiga ega. 2021 yil fevralda respublika hukumati YEOIIda oʻz vakilini tayinladi.
"Aynan kuni kecha parlamentimiz YEOII bilan hamkorlik qilishni rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasini tasdiqladi", - dedi Qudratov.
Unga koʻra, qonunchilikni, shu jumladan bojxona tarif va notarif tartibga solishni muvofiqlashtirish boʻyicha "bir qator masalalar" qoʻyilgan.
Vazirlikda ikki hafta oldin maxsus boʻlinma tuzilganini, u YEOII bilan hamkorlik masalalari bilan shugʻullanadi, deb aytdi ITV vakili.
YEIK savdo boʻyicha hayʼat aʼzosi Andrey Slepnev oʻz navbatida: Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralar olib borayotganligi sababli, qonunchilikni YEOII qoidalariga muvofiqlashtirish respublikaga bu niyatini amalga oshirishda ham yordam berishi mumkin”, - deb taʼkidladi.
Dvijeniya gruzovыx poyezdov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Rossiya
Trans-afgʻon temir yoʻli: YEOII Oʻzbekistonga yordam beradimi?
Bundan tashqari, Yevroosiyo standartlarining birxillashtirish (unifikatsiya) savdo hajmining oshishiga yordam beradi, - dedi Slepnev.
Unga koʻra, YEOIIda Oʻzbekiston uchun qiziq boʻlishi mumkin boʻlgan qator loyihalar mavjud, xususan, “Agroekspress”. Bu loyiha xarajatlarni qisqartirish, muzlatilgan mahsulotlarni yetkazib berishni tezlashtirishga imkon beradi, dedi YEIK savdo vaziri.
Logistikaning tezlashishi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportini koʻpaytirishga imkon beradi va bu sohada ishlaydigan yuz minglab ishchilarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala