O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan ikki rossiyalik qamaldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan ikki moskvalikka besh yildan ortiq qamoq jazosi berildi.
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Sankt-Peturburg shahrida O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan ikki nafar rossiyalik qamaldi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Izvestiya nashriga asosan.
Ma’lum bo‘lishicha, jinoyat 2019-yil sentabrda sodir etilgan. Ikki moskvalik yosh yiit Sankt-Peterburgning Sredneoxtinskiy prospektidagi uylardan biri yonida O‘zbekiston fuqarosiga ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va pichoq bilan hujum qilib, og‘ir tan jarohati yetkazishadi.
Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman sudi millatchilik tufayli O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan V.Smolikovga 5-yil, R.Kulevga esa 5-yilu 2 oy qamoq jazi tayinladi. Ikkala jinoyatchi ham jazoni qat’iy rejimdagi koloniyada o‘taydi, deyilgan xabarda.
Interfaks xabarida aytilishiga ko‘ra jinoyat sodir etilgan paytda Kulev 24 yoshda bo‘lgan va u Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining 6-kursida tahsil olgan. Moskvada uning uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida u yerda Kulev ruxsatsiz saqlagan to‘pponcha topilgan.
Smolikov esa 18 yoshda bo‘lib, hech qayerda o‘qimagan va ishlamagan.
Yangiliklar lentasi
0