Iqtisod

Oʻzbekiston va Rossiya savdo aylanmasi hajmini 10 mlrd dollarga yetkazmoqchi

© Sputnik / Mixail KlimentyevFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya kelajakda savdo aylanmasi hajmini 10 mlrd dollarga yetkazishga tayyor. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Aleksey Overchuk bilan uchrashuvi davomida maʼlum qilindi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, madaniy-gumanitar hamkorlikning muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishining yuqori dinamikasi va ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik izchil mustahkamlanayotganligi taʼkidlandi.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston YEOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyor
Uchrashuv davomida pandemiya va koviddan keyingi davrda ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarning intensivligi qayd etildi. Jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, videokonferentsiya shaklida ikki tomonlama muzokaralar hamda turli darajadagi bir qator oʻzaro tashriflar tashkil etilgan.
Uchrashuv chogʻida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish borasida birgalikda olib borilayotgan ishlarning istiqbollari va joriy holati koʻrib chiqildi.
“Tomonlar yaqin kelajakda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aylanmasi hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish maqsadida uni oshirish boʻyicha birgalikda amaliy chora-tadbirlarni koʻrishga sodiqligini bildirdilar”, - deyilgan xabarda.
Shu nuqtai nazardan ikki mamlakat bojxona organlarining ikki davlat hududlari orqali yuk tashishni amalga oshirishda bojxona tartibini soddalashtirishga qaratilgan muvaffaqiyatli hamkorligi qayd etildi.
Kelishilgan loyihalarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirish maqsadida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari darajasida yaqin hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston-Rossiya koʻp qirrali munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga oid qator kelishuvlarga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala