Jamiyat

Toshkent shahrida koronavirus boʻyicha nazorat kuchaytiriladi

© AFP 2018 / YURI KORSUNTSEVPolitseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Unda poytaxtda kasallik tarqalishining oldini olishni koʻzda tutuvchi bir qator nazorat choralari koʻrilishi belgilandi.
TOSHKENT, 16 mar - Sputnik. Toshkent shahrida koronavirus boʻyicha nazorat kuchaytiriladi, deb xabar bermoqda Sanitariya va epidemiologiya xizmati.
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2021
Jamiyat
Koronavirus: 4ta hududda yangi holatlar – eng koʻp Toshkentda
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrida 2021 yil davomida koronavirusdan kasallanishlar soni boshqa hududlarga nisbatan oshgani, ayniqsa, coʻnggi 5 kunda poytaxtdagi kasallanish holatlari sezilarli oʻsgani munosabati bilan Toshkent shahrida koronavirus infektsiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish boʻyicha Toshkent shahar shtabining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda poytaxtda kasallik tarqalishining oldini olishni koʻzda tutuvchi bir qator nazorat choralari koʻrilishi belgilandi.
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston mamlakat kirishda koronavirusga ekspress test olish tartibini bekor qilmoqda
️Xususan, Toshkent shahridagi barcha qurilish obeʼktlarida, oʻsha yerning oʻzida vaqtincha yashab ishlayotgan quruvchi va ishchilarni sanitariya-epidemiologiya tartiblariga qatʼiy rioya etishi yuzasidan nazorat kuchaytiladi.
️Shuningdek, transport xizmati sifatini oshirish, haydovchi va yoʻlovchilar sogʻligini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yoʻnalishsiz taksilar uch tildagi (oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi) "xavfsiz taksi" maxsus belgisi bilan bepul taʼminlash amaliyoti joriy qilinadi.
Bunda yoʻnalishsiz taksilarning quyidagi:
haydovchining niqobda boʻlishi;
kiyinish madaniyatiga rioya qilishi;
avtomobilda antiseptik vositalarning mavjudligi;
avtoulov salonining tozaligi va dezinfektsiyadan oʻtganligi kabi talablarga rioya etishlari hisobga olinadi.
Sal avval, 16 martda poytaxtning uchta tumanidagi barcha maktablar onlayn rejimga oʻtkazilishi haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala