Jamiyat

Toshkentda COVID-19 keng tarqalishi sabablari sanab oʻtildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishProbirka s krovyu
Probirka s krovyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Yunusobod tumanidagi bogʻcha tarbiyachisi uyida koronavirus bilan kasallangan bemor boʻlishiga qaramasdan, u karantinga rioya etmasdan ish joyiga borib ishlagan.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Malika Qudratxoʻjayeva Xalq deputatlari kengashining sessiyasida poytaxtdagi epidemiologik vaziyat haqida hisobot berdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, uchta tumanda karantin qoidalariga masʼuliyatsizlik bilan yondoshish kasallikning keng tarqalishiga olib kelgan. 16 martdan Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi barcha umumtaʼlim maktablarida onlayn oʻqitish tashkil etilgan.
Xususan, 10 mart kuni Yunusobod tumanida joylashgan bolalar (yoki taʼlim) muassasasi tarbiyachisi R. M.da koronavirus aniqlangan. Epidemiologik surishtiruvga koʻra, tarbiyachi xonadonida koronavirus bilan kasallangan bemor boʻlishiga qaramasdan, u karantinga rioya etmasdan ish joyiga borib ishlagan. 11 mart kuni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari koronavirusga test topshirgan. 13 mart kuni 2 nafar tarbiyachi, shifokor va 1 nafar tarbiyalanuvchida COVID-19 aniqlangan. Hozirda bu ishni Toshkent shahar prokuraturasi nazoratga olgan.
Vremennыy gospital dlya patsiyentov s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda 100 dan ziyod kovid bilan kasallanish holati aniqlandi: Toshkent yana yetakchi
Bundan tashqari, 5 mart kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan taʼlim muassasasi tarbiyachisi M. M.ning qaynotasi koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan va 7 mart kuni vafot etgan. 9 mart kuni janoza paytida mazkur taʼlim muassasasining bir necha xodimlari ishtirok etgan va bu bilan muassasa tarbiyalanuvchilarining sogʻligʻini xavf ostiga qoʻygan.
Olmazor tumanida joylashgan oliy taʼlim muassasasiga qarashli yotoqxonada ham 3 nafar talabada bir necha kundan buyon tana haroratining koʻtarilishi, tomoq ogʻrigʻi va holsizlik belgilari boʻlgan. Shu bois talabalardan 11 mart kuni koronavirusga test olingan. 13 mart kuni tegishli fakultetida kasallik alomati mavjud boʻlmagan 4 nafar talabasida kasallik aniqlangan.
Soʻrov
Kasallik avj olsa, yana karantin joriy etish kerakmi?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala