Jamiyat

Toshkentda koronavirus tufayli ayrim maktablar yana yopilmoqda

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishShkola
Shkola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
XTV ota-onalardan farzandlarining sogʻligini taʼminlash va "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishda amaliy yordam berishlarini soʻradi.
TOSHKENT, 16 mar - Sputnik. Koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahridagi ayrim maktablarda oʻqish masofaviy shaklga oʻtkazilmoqda. Xalq taʼlimi vazirligi xabariga asosan.
Hududlar rahbariyatining koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan choralarni joriy etish boʻyicha vakolatini inobatga olib koronavirusning keng tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahrining ayrim maktablarida oʻqish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga oʻtkazilmoqda, - deyilgan xabarda.
Masofaviy shaklga oʻtadigan maktablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maktab rahbariyati tomonidan ota-onalarga sinf rahbarlari tomonidan yetkazib boriladi.
Jiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Jamiyat
Toshkentda karantin talablariga rioya qilinishi qatʼiy nazoratga olinadi
Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi havfsizligi va sogʻligini taʼminlagan holda ularni "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini soʻraydi.
Soʻrov
Kasallik avj olsa, yana karantin joriy etish kerakmi?
Eslatib oʻtamiz, kecha 15 mart kuni Toshkent shahar hokimi va shahar koronavirus shtabi rahbari ishtirokida oʻtgan yigʻilishda, poytaxtda koronavirus tarqalishi boʻyicha vaziyatni qattiq nazoratga olish, shaharning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari va taʼlim maskanlari, shuningdek, aholi koʻp toʻplanadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga toʻliq rioya qilinishini taʼminlash muhimligi taʼkidlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala