Toshkentda ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente
Prazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Obuna bo‘lish
Epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha taklif berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazilishida karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi.
Politseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Toshkent shahrida koronavirus bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi
Bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Shtab yig‘ilishida poytaxtda to‘y, maraka va marosimlarni o‘tkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazoratni qat’iylashtirish belgilandi.
Shuningdek, Toshkent shahar shtabi tomonidan:
- sport musobaqalarini tomoshabinsiz o‘tkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi;
- epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0